06:30 / 03.09.2018
3 637

Olimpiada gʻoliblari kumush medal sohibiga qaraganda kam umr koʻradi

Olimpiada gʻoliblari kumush medal sohibiga qaraganda kam umr koʻradi
Virjiniya universiteti dotsenti Adam Leyvning tadqiqot natijasiga koʻra, Olimpiada oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan sportchilar kumush medal sohiblariga qaraganda kamroq umr kechiradi.

Bu haqda tadqiqotchi The Journal of Health Economics jurnaliga mulohazalarini bildirgan. Tadqiqot natijasi shundan iboratki, kumush medalni qoʻlga kiritgan sportchilar birinchilikni “ilib” ketgan raqibiga qaraganda oʻrtacha bir yil koʻproq umr koʻradi.

Tadqiqot

Leyv 1896 yildan 1948 yilga qadar Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan va unda sovrinli oʻrinlarni egallagan sportchilarning keyingi hayotiga qiziqdi. Umuman olib qaraganda, sportchilarning jismoniy holati, yoshi va ogʻirligi deyarli bir xil boʻlgan. Tadqiqot ustida ish olib borgan olimlar guruhi ishni cheklangan muddat boʻyicha olib borishni maʼqul koʻrdi. Gap shundaki, XX asrning ikkinchi yarmida doping vositalari rivojlandi, shuningdek, sportchilarning stimulyator foydalanishi kuchaydi. Biroq, doping vositasi qadimgi davr sportida ham mavjud edi. Masalan, kokain, bredidan muayyan maqsadlarda foydalanish imkoniyati boʻlgan. Olimlar esa ogʻriq qoldiruvchi, lat va jarohat payti sportchining psixologiyasiga taʼsir etish qudratiga ega dorilar sanoati rivojlangan paytni meʼyor chizigʻi sifatida qabul qilishdi.

Natija

Oʻsha davrdagi Olimpiada oʻyinlarida oltin medalni yutgan sportchilarning faqat 3 nafari 80 yosh chizigʻidan oʻtgan. Kumush olganlarning deyarli yarmidan koʻpi bu marradan oʻtgan. Nega?

Tadqiqotchilarning fikricha, bunday farqlanishning paydo boʻlishiga oltin va kumush medal sohiblarining daromadlari oʻrtasidagi tafovut sabab boʻlgan. Shu tufayli, Adam amerikalik sportchilar ishlab topgan maosh summasini oʻrganib chiqishga ahd qildi.

Maʼlum boʻlishicha, oʻtgan asrning 80-yillariga qadar Olimpiada oʻyinlarida havaskor sportchilar ham ishtirok etishi mumkin edi. Gʻoliblarga esa katta miqdorda mukofot puli toʻlanmagan. Havaskor sportchi gʻolib boʻlgan taqdirda, uning oldida ikkita tanlov paydo boʻladi: sport sohasida omadini sinab koʻrish yo oʻz kasbiga qaytish kerak. Raqamlar bergan dalolatga koʻra, magʻlub boʻlgan sportchilarning 70 foizi va gʻoliblarning 20 foizi Olimpiadadan soʻng, koʻp maosh toʻlanuvchi ishga joylashgan. Oltin medal sohiblari asosan savdo va reklama sohasidan ish topgan, ular toʻliqsiz ish kuni bilan kifoyalangan.

Bundan tashqari, Adam kam umr koʻrishga taʼsir qilgan omillar qatoriga sportchilarning motivatsiyasi tushib ketgani, Olimpiadadan soʻng oddiy hayotga koʻnikib yashashini ham kiritgan.

“Unutmang, siz 10 kun davomida qahramonsiz. Bu muddat oʻtishi bilan oʻzingizni qahramondek tutishni bas qiling va ishingizga qayting”, deya AQSH prezidenti Teodor Ruzvelt soʻzlarini keltirgan toʻrt karra Olimpiada gʻolibi Melvin Sheppard. Adam Leyv esa ushbu iqtibos ham yuqoridagi mulohazani isbotlay olishini aytgan.

Lekin, oʻsha davr matbuoti va radio materiallarini oʻrganish davomida sportchilarning gʻalabadan soʻng yurish-turishi oʻzgarib qolgani koʻzga tashlanmagan. Shunga qaramasdan, jurnalistlar ikkinchi darajali gʻoliblarga kam eʼtibor qaratgani tufayli ushbu yoʻnalishda tadqiqotni davom ettirish qiyin. Mualliflar uzoq umr koʻrgan kumush medal sohiblarining ayni qandaydir diyeta tutgani, hayotiy qoidalarga rioya qilgani haqida maʼlumotlarni ham koʻrib chiqqan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimpiada gʻoliblari kumush medal sohibiga qaraganda kam umr koʻradi