10:46 / 04.09.2018
7 172

Kuzda kayfiyatni qanday koʻtarish mumkin?

Kuzda kayfiyatni qanday koʻtarish mumkin?
Kuz fasli — inson organizmi koʻpgina qiyinchiliklarga duch keladigan davr hisoblanadi. Bular — ham haroratning keskin pasayishi, ham qon bosimining oʻzgarib turishi, ham vitaminlar yetishmovchiligi va hokazolar... Xuddi shu davrda bizning koʻpincha qaygʻu va yomon kayfiyatga duch kelishimiz ajablanarli emas. Har bir kishining kayfiyatini koʻtarishning oʻz usullari bor. Biz bularning eng ommabop va eng samaralilarini toʻpladik.

Kayfiyatni koʻtarishning eng foydali va ayni paytda eng oson usuli — qarindoshlaringiz bilan muloqotda boʻlish. Ularga qoʻngʻiroq qiling yoki oʻzingiz, oʻsha paytda yoqmasa ham, ziyofatlarga qilingan takliflarni rad etmang. Doʻstlaringiz va qarindoshlaringiz har doim sizning kayfiyatingizni koʻtarishga harakat qilishadi, yoki hech boʻlmasa yoqimli suhbat davomida muammolaringizni biroz boʻlsa ham unutishga yordam berishadi.

Baʼzi mahsulotlar ham kayfiyatni koʻtarishga juda yordam beradi. Masalan, shokolad keng tanilgan antidepressant deb eʼtirof etiladi. Shuning uchun, hatto, siz toʻgʻri ovqatlanishga amal qilsangiz ham, xayrli maqsadda oʻzingizga biroz shokoladni ravo koʻring. Shokoladning pozitiv taʼsirini choy yoki qahva bilan toʻldirish mumkin. Toʻgʻri, shirinliklar kabi, ularni ham koʻp isteʼmol qilish zararli hisoblansa ham, kayfiyatni yaxshilash va tetiklikni oshirish uchun biroz ichish mumkin.

Salbiy hissiyotni yengishning yana bir yoʻli — ularni qogʻozda aks ettirish. Negativ hissiyotlar manbasini aniqlashga harakat qiling va uning rasmini chizing (masalan, badjahl amaki — boshligʻingiz koʻrinishida) yoki sizda yomon kayfiyat uygʻotuvchi narsalarni chizing (qora bulut yoki yomgʻir). Chizish jarayoni sizni chalgʻitadi, mehnatingiz samarasi esa ancha kayfiyatingizni koʻtaradi.

Koʻnglingizga hech narsa sigʻmayotgan boʻlsa, qalamni tashlang va boks grushasi tomon yoʻl oling. Mana, sizni alahsitadigan va ranj-alamlaringizni chiqarib olishingiz mumkin boʻlgan narsa. Grushaning taʼzirini bering — yengil tortganingizni his qilasiz. Agar sizga boks toʻgʻri kelmasa, sportning boshqa faol turlari ham boʻlaveradi. Ayniqsa, bunday mashqlar nafaqat qonga baxt gormonlarini qoʻshadi, balki mushaklarni chiniqtirishga va sogʻliqni mustahkamlashga imkon beradi. Nima, bu ijobiy hissiyot va yaxshi kayfiyat uchun sabab boʻlolmaydimi?

Musiqa — kayfiyatni yaxshilashning sinalgan usuli. Sevimli qoʻshiq, hatto, agar u gʻamgin boʻlsa ham, negativni chiqarishga imkon beradi va yaxshi fikrlar uchun aqlni boʻshatadi. Ayniqsa, quvnoq musiqa. Shunday ekan, musiqani baland qoʻying va qoʻshiq ayting, yaxshisi oʻyinga tushing. Faqat, qoʻshnilaringiz militsiya chaqirmoqchi emasligiga ishonch hosil qiling!

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kuzda kayfiyatni qanday koʻtarish mumkin?