06:00 / 05.09.2018
4 667

Charchoqdan qutilishning samarali usuli maʼlum boʻldi

Charchoqdan qutilishning samarali usuli maʼlum boʻldi
Qirolicha Mariya nomidagi London universiteti olimlari doimiy charchoqdan xalos boʻlishning samarali usulini maʼlum qilishdi. Tegishli tadqiqot The Lancet jurnalida eʼlon qilindi.

Doimiy charchoq sindromi bilan kurashda tez-tez jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish koʻmak beradi. U oʻrtacha doimiylikda boʻlishi lozim.

Mualliflar bunday xulosalarga 12 hafta davomida 200 kishining sogʻligini kuzatib kelishgan. Bu insonlar depressiya va uyqusizlikka qarshi dorilardan tashqari, jismoniy tarbiya bilan ham shugʻullanishgan. 100 kishidan iborat boʻlgan nazorat guruhi bilan taqqoslaganda, taxminan 40 insonning holati yaxshilangan.

Doimiy charchoq sindromi asab tizimidagi muammolar bilan bogʻliq, u hattoki uzoq muddatli hordiqdan keyin ham yoʻqolmaydi. Asosan rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan, ming kishidan yetti nafarida shunday holat kuzatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Charchoqdan qutilishning samarali usuli maʼlum boʻldi