23:15 / 05.09.2018
5 643

Oʻsimlik yogʻi bilan bogʻliq gʻaroyib layfxaklar

Oʻsimlik yogʻi bilan bogʻliq gʻaroyib layfxaklar
Oʻsimlik yogʻi qora nuqtalardan xalos boʻlish, qoʻllarga yopishgan superelimni yuvish va oyoq kiyimning yaroqlilik muddatini uzaytirishda yordam beradi.

1. Etiketka va nakleykalar qoldiqlarini ketkazing

Paxtali diskka biroz oʻsimlik yogʻi quying va u bilan yopishqoq izni arting. Agar nakleyka ketmasa, unga kompress qiling. Yaʼni paxtali diskni kirlangan joyga 10-15 daqiqaga qoʻying, keyin uni artib tashlang.

2. Pardoz-andozni tozalash

Paxtali diskni iliq suvda biroz xoʻllab, unga bir necha tomchi yogʻ quying va yuzni arting. Koʻzga surtiladigan pardoz vositalari uchun ham qoʻl keladi: paxtali diskni biroz vaqtga qovoqlar ustiga qoʻyish va pardoz qoldiqlarini asta artish. Yogʻni yuvinish vositasi bilan albatta yuvib tashlang.

- Oʻsimlik yogʻi kaloriyasi koʻp boʻlgan mahsulot. 100 gr yogʻda 884 kkal bor. Bir necha katta qoshiq bu 34 gr yogʻ va 300 kkal. Taomlardagi kaloriyani pasaytirish uchun sepish moslamasiga ega boʻlgan yogʻni tanlang.

- Qaynoq idish qoldigʻini yogʻ va tuz yordamida ketkazish mumkin. Tuzni yumshoq matoga oʻrang va u bilan dogʻni ishqalang, keyin esa yuza boʻylab oʻsimlik yogʻi shimdirilgan mato bilan arting. Keyin quruq matoda artib tashlang.

- Mebelga avvalgi yaltiroqlikni qaytarish uchun yogʻ va vino sirkasini bir xil nisbatda aralashtiring. Tuksiz matoni aralashmada hoʻllang va yuzani arting.

3. Qirgʻichga surting

Yumshoq pishloqni qirgʻichdan oʻtkazish – hammaning ham qoʻlidan keladigan ish emas. Pishloq qirgʻichga yopishmasligi uchun qogʻoz salfetkani yogʻga botiring va foydalanishdan avval instrument yuzasini arting.

4. Oyoq kiyimni parvarishlash

Biroz oʻsimlik yogʻini yumshoq matoga tomizing va yumshoq teridan ishlangan botinkadagi tirnalgan joylarni arting. Yogʻ teriga singigach, oyoq kiyimni yaltiragunga qadar arting. Bu usul tabiiy teridan ishlangan sumkalar uchun ham mos keladi.

5. Choʻyandan ishlangan tovalarni parvarishlash

Choʻyan idishda yuzaga kelgan zangni ketkazish – murakkab. Yaxshisi uning oldini olgan maʼqul. Tovani yuving va yaxshilab quriting. Keyin esa uning yuzasiga biroz yogʻ surting. Buni salfetka yoki choʻtkada bajarish mumkin. Ana boʻldi, endi zanglamaydi.

6. Qora nuqtalarni yoʻqoting

Yuzingizni yuving va qoʻlingizga biroz yogʻ tomizing. Barmoqlar yuz boʻylab sirpanishi kerak. Yaxshilab, biroq ehtiyotkorlik bilan qora nuqtali joylarni 5-7 daqiqa davomida uqalang.

Toza momiq sochiqni iliq suvda namlang, siqing va u bilan yuzingizni 15 daqiqaga yoping. Yuvish vositasini olib, koʻpik hosil qiling, yuzning “muammoli” joylarini uqalab, suv bilan yuvib tashlang.

7. Yogʻ uzoq muddat yaroqli boʻlishi uchun toʻgʻri saqlang

Oʻsimlik yogʻini qorongʻu va salqin joyda saqlash kerak. Gaz plitasi yonida saqlash – toʻgʻri variant emas. Yaxshisi, uni muzlatgichga qoʻygan maʼqul.

8. Superelimni ketkazish

Superelimning qiziq xususiyati bor: u qoʻllarda yaxshi yopishadi. Uning qoldigʻini ketkazish uchun koʻp miqdorda yogʻ tomizing va teriga ishqalang. Kirlangan joylarni choʻtka bilan ishqalang va qoʻlingizni sovun bilan yuvib tashlang.

9. Taxtakachdan piyoz va sarimsoq hidini yoʻqotish

Yuvilganidan keyin ham shubhali hid ketmasa, taxtakachni yogʻ tomizilgan salfetka bilan arting. Keyin taxtakachni suvda chayqang. Hiddan asar ham qolmaydi.

10. Gʻichirlaydigan ilgaklarga surtish

Doimiy ravishda gʻichirlaydigan eshik sabr boʻyicha jahon chempioni. Tezkor vosita sifatida yogʻ asqotadi. Uni pipetka yoki shprisga toʻldiring va harakatlanadigan qismlarga tomizing. Qolganini salfetka bilan arting.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oʻsimlik yogʻi bilan bogʻliq gʻaroyib layfxaklar