20:57 / 07.09.2018
5 956

YOMONLASH – bu siz bilan osmon oʻrtasida devorning paydo boʻlishidir

YOMONLASH – bu siz bilan osmon oʻrtasida devorning paydo boʻlishidir
▶️ Yomonlash omadni toʻsuvchi devor.
▶️ Yomonlash imkoniyatni toʻsuvchi devor.
▶️ Yomonlash sogʻayishni toʻsuvchi devor.
▶️ Yomonlash kayfiyatni toʻsuvchi devor.
▶️ Yomonlash osmondan sizga quyosh nuri oʻtmasligi uchun devor.

▶️ Daraxtning uchida devor tursa, qanday oʻsadi deb oʻylaysiz? Pulingizning oʻsmasligi rahbariyatni yomonlashingiz, kasbingizni yomon koʻrganligingiz va siz orqali rizq oluvchilarni ham yomon koʻrganingiz oqibatidir.

▶️ Farzandlaringizning tarbiyasi yomonligi, oʻqimasligi, axloqi yomonligi uni ham yomon deb uni yomonlaganingiz uchundir.

▶️ Ayolingizning kundan-kunga yomon boʻlib, ovqati uvolga chiqib, oʻzi uxlab qolayotganligi, dazmol qilganida ham kiyimlarni kuydirib qoʻyishi uni yomonlashingiz oqibatidir.

▶️ Farzandingiz ishi yurishmasdan, yoʻlini topa olmasdan yuribdimi? Demak, otasini yomonlagansiz muhtarama ayol.

▶️ Qizingiz sizni oringizni oʻylamay qoʻydimi? Demak, ayolingizni judayam yomon koʻrib ketayapsiz. Sizning uyingizga qoʻnuvchi oriyatni yomonlash orqali devor bilan toʻsib, beorlik bilan qolib ketayapsiz.

▶️ Oyligingiz yetmasdan, har kuni “Rahbaringizni koʻrishga koʻzingiz yoʻq, otishga oʻqingiz yoʻq” boʻlib yuribsizmi? Demak, sizga rizq kelishiga sababchi odamni yomonlab, osmon bilan oʻzingiz oʻrtangizga devor qurib qoʻydingiz. Pul boru, baraka yoʻq.

▶️ Onangiz bilan munosabatlaringiz yomonmi? Demak, siz onangizni sizga biror nima qilib bermaganligida ayblayapsiz va uyingiz sovchi koʻrmayapti.

▶️ Otangiz bilan munosabatingiz yomonmi? Demak, siz otangiz sizga qilganlarini yomonlash, ularni kam deyish orqali osmon bilan oʻzingiz oʻrtangizda devor qurdingiz va oʻgʻlingiz bilan keliningiz ajrashib ketmoqda…

Hamma notoʻgʻri ishlar yomonlash orqali osmon va siz oʻrtangizdagi oʻsha devor paydo boʻlishidan kelib chiqadi. Bu devor rivojlanishdan toʻxtatadi. Sizning pulingiz rivojlanmaydi, bolalar tarbiyasi rivojlanmaydi, oʻgʻlingizning biznesi rivojlanmaydi, keliningiz bolali boʻlolmaydi, mashinangiz avariyaga uchraydi… Hammasi yomonlash tufayli.
Psixolog Zebiniso Ahmedova


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » YOMONLASH – bu siz bilan osmon oʻrtasida devorning paydo boʻlishidir