00:05 / 08.09.2018
4 875

Stressni tez bartaraf qilishning samarali yoʻllari

Stressni tez bartaraf qilishning samarali yoʻllari
Zoʻr berish stressga olib keladi, stress esa oʻz navbatida sogʻliqqa salbiy taʼsir koʻrsatadi. Stressni tez ketkazish uchun ruhshunoslar maslahatlaridan foydalaning.

Sayr qiling
Hatto sizning 5 daqiqagina boʻsh vaqtingiz boʻlsa ham, sayr qiling. Bu bevosita zoʻriqish manbaidan biroz boʻlsa-da uzoqlashish va tinchlanish uchun, xolos. Faqat bir necha daqiqaga, xayolni bir joyga toʻplash maqsadida.

Yengil adabiyot oʻqing
Agar siz chinakamiga charchagan, taʼbingiz xira yoki bezovta boʻlsangiz siz uchun eng yaxshi mashgʻulot — kitob oʻqish. Ayniqsa bu qiziqarli va kayfiyatni koʻtaruvchi asar boʻlsa yanada yaxshi. Kitob oʻqish sizni bezovta qilayotgan muammolardan chalgʻitadi.

Oʻtli choy iching
Agar sizda kuchli stress boʻlsa, kofein yordam berolmaydi. Bir piyola iliq, tinchlantiruvchi oʻsimlik choyi juda yaxshi taʼsir qiladi.

Kulgili koʻrsatuvlar tomosha qiling
Maza qilib kulsangiz, taranglashgan asablaringiz tezda tinchlanadi. Yana ishga qaytganingizda oʻzingizni biroz xayolingiz bir joyga toʻplangan va tayyorlangandek sezasiz.

Yostiqni mushtlab uring
Agar uyda boʻlganingizda stress holatini his qilsangiz, yostiqni bir necha marta urish sizga yordam berishi mumkin. Har urganingizda musht orqali stress qanday chiqib ketayotganini tasavvur qiling.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Stressni tez bartaraf qilishning samarali yoʻllari