22:20 / 11.09.2018
6 071

Muammongiz yechimini tushingizda koʻrishni istaysizmi? Unda uyquga ketishdan oldin ushbu mashqni bajaring!

Muammongiz yechimini tushingizda koʻrishni istaysizmi? Unda uyquga ketishdan oldin ushbu mashqni bajaring!
Bu mashqning muallifi Xose Silvadir. Silva tomonidan yaratilgan psixologik kompleks mashqlar unga mashhurlikni olib kelgan.

Buni bevosita kechasi uyquga ketishdan oldin amalga oshirish kerak. Qoʻlingizga shisha stakan oling va uni toza ichimlik suvi bilan toʻldiring. 100-150 gramm yetarli. Toza suv oʻrniga gazsiz mineral suv ishlatishingiz mumkin.

Stakanni ikkala qoʻlingizga oling, koʻzingizni yumgan holda tepaga qarang! Javob talab etayotgan muammoingizni savol tarzida shakllantiring!

Aniq tarzda shakllantirish juda muhim!

Shundan keyin kichik hoʻplam bilan suvning maʼlum bir qismini iching, ana shu jarayonda quyidagi jumlani takrorlang!

“Bu hammasi men oʻylayotgan muammoning yechimini topishim kerakligi uchun”. Koʻzingizni oching, stakanda qolgan suvni uzoqroqda boʻlmagan joyda qoʻyib uyquga yoting!

Koʻp hollarda siz javobni tushingizda olasiz. Bu qandaydir shipshitishdek(podskazka) boʻlishi mumkin.

Ertalab turib endi muammoni qanday yechish kerakligini bilsangiz, tushunsangiz unda qolgan suvning hammasini ichib tugating va albatta, ong ostingizga yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirishni unutmang!

Agar savolingizga javob olmasangiz, unda mashqni yana qayta takrorlang! Agar shunda ham javob olmasangiz, unda yaxshilab qanchalik savol toʻgʻri qoʻyilganini oʻylang.

Savol toʻgʻri qoʻyilganining qoidasi:

1. Savol boʻlishlik feʼli shaklda qoʻyilgan boʻlishi lozim.

Agar savolingizda “nima uchun men mashina sotib olish uchun pul topa olmayapman?” deyilgan boʻlsa unda bu xatodir. Bunda “-ma” boʻlishsiz shakl qoʻshimchasi yotibdi. Bu boʻlmasligi kerak.

2. Savol dangal qoʻyilishi kerak.

Savol mana bunday qoʻyilishi kerak: “Men Toyota mashinasini sotib olishim uchun pulni qanday topishim kerak?”. Mana bu dangal savol.

3. Bir marta savol berish mumkin. Bitta stakan suv — bitta muammo.

4. Suv ichayotgan paytda aytishingiz kerak boʻlgan jumlani oʻzgartirmang!

Oʻylaymizki, bu mashq sizga albatta, yordam beradi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Muammongiz yechimini tushingizda koʻrishni istaysizmi? Unda uyquga ketishdan oldin ushbu mashqni bajaring!