08:03 / 13.09.2018
5 357

Tuxum sogʻliq uchun foydalimi?

Tuxum sogʻliq uchun foydalimi?
Uzoq vaqt mobaynida tuxumga qondagi xolesterinning asosiy manbalaridan biri sifatida qaraldi. Maʼlumki, uning yuqori miqdori xavfli yurak-qon tomir kasalliklariga olib keladi. Biroq yangi tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, oziq-ovqat mahsulotlari bilan organizmga kelib tushadigan xolesterin miqdori yuqori emas. U qondagi xolesterin miqdoriga katta taʼsir koʻrsatmaydi.

Uzoq vaqt mobaynida tuxum parhezshunos va shifokorlar orasidagi salbiy mavqeini saqlab keldi. Koʻpchilik tuxumni haqiqiy “xolesterin bombasi” deb atadi. Biroq yangi tadqiqotlar bu mahsulotga avvalgi mashhurlik va obroʻni qaytarishga muvaffaq boʻldi. Bundan tashqari, yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, agar chaqaloqlar bir yarim yoshidan boshlab kuniga hech boʻlmaganda bitta tuxum isteʼmol qilmasa, ularga kamqonlik xavf soladi va rivojlanishdan orqada qolish xavfi kuchayadi.

Hayotingizni omlet, qandolat mahsulotlari va blinchiklarsiz tasavvur eta olasizmi? Boshqacha qilib aytganda, ratsioningiz tuxumsiz toʻliq boʻladimi? Mazkur asosiy mahsulot har bir uyda bor. Bu ham tasodif emas. Kundalik hayotda taom tayyorlashda tuxum oʻrnini boshqa mahsulotga almashtirish qiyin.

Tuxum – oqsilning muhim manbai. U organizmga barcha hayotiy muhim aminokislotalarni yetkazadi. Tuxumda temir, kalsiy va B12 vitamini koʻp. Oqsil va temirning moʻlligi sabab mahsulot aholining sportchi, jismoniy ish bilan shugʻullanadiganlar, buyrak kasalligiga chalingan bemorlar kabi kategoriyasi uchun ayniqsa foydali.

Sogʻliqni saqlash vazirligi tuxumni chaqaloqlar ratsioniga kiritishni tavsiya qiladi. Bu esa ilk yoshda tez-tez uchraydigan kamqonlik ehtimolining oldini olishda yordam beradi.

Umuman olganda tuxumga uning avvalgi ijobiy nomini qaytarish vaqti keldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tuxum sogʻliq uchun foydalimi?