Ovqat tanovul qilish organizm sogʻligi va hayotiy faoliyati uchun muhim hisoblanadi. Biroq taom faqat foyda keltirishi uchun bir necha man etilgan jihatlarni hisobga olish kerak. Ana oʻshanda u organizm tomonidan yaxshi oʻzlashtiriladi.
Chekish
Bu odat zararli ekani haqida eslatib oʻtish shartmikan? Agar ovqatdan keyin sigaret chekilsa, zararli taʼsir oʻn marta ortadi. Hazm qilish jarayoni yomonlashadi, tomirlarda siqilish yuz beradi, qon esa kerakli kisloroddan mahrum boʻladi.
Choy
Ovqatdan keyin meʼda shirasiga aralashmasligi uchun choy ichish tavsiya etilmaydi. Aniqroq aytadigan boʻlsak, choyda oqsil oʻzlashtirilishiga xalaqit beradigan kislotalar bor.
Mevalar
Aʼlo darajadagi desert boʻlib koʻrinadi. Ularni ovqat tanovul etishdan kamida bir soat avval yegan maʼqul. Mevalar ovqat hazm boʻlish jarayonini ancha sekinlashtiradi.
Uyqu
Yana unga ham navbat yetdi. Gap shundaki, uxlab qolsak, organizmning barcha tizimlari ham uyquga ketadi. Shunday qilib, tushlik oshqozonda chirishni boshlaydi.
Vanna va dush
Bunday taomillar oyoq va qoʻllarda qon aylanishini tezlashtiradi. Oshqozonda esa qonning qochishi yuz beradi.
Sport
Mashgʻulotlar vaqtida barcha tizimlar ishga tushadi. Ovqatdan keyin mashgʻulotlar uchun tonus boʻlmaydi. Bundan tashqari, ovqat hazm boʻlish jarayoni ham kam hajmda yuz beradi.
Beldagi kamar
Agar ortiqcha yeb yuborgan boʻlsangiz, kamarni boʻshatmang. Aynan u isteʼmol qilinganlarni oshqozonda muayyan holatda ushlab turishga yordam beradi. Kiyim “boʻshatilishi” bilan yuk organga tushadi, darhol quyilgan qon esa hazm qilish jarayonini bloklaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi