00:08 / 18.09.2018
5 303

Ongli va baxtli hayot kechirishingiz uchun 10 ta odat

Ongli va baxtli hayot kechirishingiz uchun 10 ta odat
Oʻzingizni har tomonlama yaxshilash uchun yordam beradigan oddiy harakatlar.

1. Rejalashtirgan vaqtingizda uygʻoning

Agar budilnikni 6:30 ga qoʻygan boʻlsangiz, u jiringlashi bilan oʻrningizdan turing. Bu nima uchun muhim? Bu aynan shu kuni bajarishingiz kerak boʻlgan birinchi vaʼdangiz.

2. Ish kunini aniq tashkillashtiring

Tongdagi odatiy harakatlar oʻzingizga tezroq kelib, ishga kirishishingizda yordam beradi. Dush. Tishlarni yuvish. Soch turmagi. Bundan tashqari, bugungi kunga mos kiyim ham muhim.

Yodingizda boʻlsin, kiyim ham muayyan kayfiyat yaratadi.

Foto: Pexels
3. Meditatsiya qiling

Dushdan keyin bajarilishi kerak boʻlgan eng yaxshi mashgʻulot. Sukunatda oʻtirish uchun 5-10 daqiqa toping.

Oʻzingizga quloq soling. Bu sizga kunni qanday boshlayotganingizni tushunishga yordam beradi.

Meditatsiyaga 5 daqiqa ajratib, kunni qanday boshlash, uni samarali oʻtkazishni tushunasiz.

4. Vaqtida ovqatlaning

Belgilangan muayyan vaqtda ovqatlaning. Bu tushlikni oʻtkazib yubormaslik va kun davomida isteʼmol qilishni unutmaslikka yordam beradi.

Odat yaratishga harakat qiling. Avvaldan tayyorlab qoʻyilgan sogʻlom ovqatni isteʼmol qilsangiz, hatto oʻta band jadval bilan ham salomatlikni saqlashga muvaffaq boʻlasiz.

Foto: Pexels
5. Kichik tanaffuslarni foydali oʻtkazing

Kun davomida kichik tanaffuslar boʻladi. Ularni ijtimoiy tarmoqlarni tekshirish, YouTubeʻda video koʻrish va boshqa befoyda ishlarga sarflashga odatlanganmiz. Smartfondagi bunday ilovalarni birlashtirib, “Hayotimning xarajatlari” nomiga birlashtiring.

6. Yodda tuting: boʻsh vaqt bu – boʻsh vaqt

Bu “boʻsh vaqt” “yangi loyihalar bilan ishlash” emasligini unutib qoʻyadiganlar uchun maslahat. Bu vaqtni ishga sarflash kerak emas.

Boqqa sayr qilish uchun borish, eski doʻstingiz bilan koʻrishish, doʻstlar va oila aʼzolari bilan stol tennisi oʻynash, buvisiga qoʻngʻiroq qilish, qiziqarli film tomosha qilish.

Ishdan boʻsh vaqtni kunlik jadvalning ajralmas qismi sifatida qabul qilish miyangizni qayta ishga tushirish, ishga ishtiyoq bilan qaytishda yordam beradi.

Foto: Pexels
7. Mablagʻingizni nazorat qiling

Mablagʻ koʻp zoʻriqish va xavotirni uygʻotadi. Biroq zoʻriqishni pullar emas, moliyaviy ishlardagi xaos, ularni qanday boshqarishni tushunmaslik keltirib chiqaradi.

Vaziyatning xoʻjayiniga aylanish uchun pul bilan ishlashni oʻrganing.

Agar uzoq oʻrmonga ketib, u yerda ovchilik va terish bilan kun kechirmoqchi boʻlmasangiz, pul – umringizning soʻnggi kuniga qadar hayotingizning bir qismi boʻlib qolaveradi.

Shuning uchun vaqtingizni soliq, sarmoya kiritish, omonat va kreditlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlarni oʻrganishga sarflang. Bir haftada, ikki haftada yoki bir oyda bir marta mablagʻlaringizni tahlil qiling va pulingiz qayerga ketayotganini kuzating.

8. Yangi insonlar bilan uchrashing

Yangi insonlar bilan muloqot kishida ilhom uygʻotadi. Balki,kimdir sizning blogingizni doimiy ravishda oʻqib borar? Ularga email yozing. Balki, siz undan biror nima oʻrganishni istaydigan mahalliy tadbirkor bordir? Uni qahvaga taklif qiling.

Muloqot doirangiz qanchalik keng boʻlsa, aloqalaringiz sabab ahamiyatingiz ortib boradi. Shuningdek, bu koʻp narsalarga boshqa nuqtadan nazar solish imkonini ham beradi. Biror kimsa bilan uchrashganda yolgʻiz emasligingizni his qilasiz, maqsad sari yanada olgʻa qadam tashlaysiz.

Foto: Pexels
9. Oʻzingizni siylang

Rohat – hayotning bir qismi. Intizom koʻp narsani anglatadi, biroq oqimga qayta tushish uchun baʼzida oʻzingizni “qoʻyib yuborishingiz kerak”.

Qulaylik zonasidan chiqing va oʻzingizni biroz siylang. Shu bilan birga yangi narsa oʻrganing.

Biror kishini uchrashuvga chaqiring. Shaharning narigi burchagidagi qahvaxonaga boring. Yangi muzeyga tashrif buyuring.

Oldingizga maqsad qoʻyib, u tomonga harakatlanayotganda bunday onlarni oʻtkazib yuborish juda oson. Biroq aynan ular hammasidan koʻproq esda qoladi. Sizni baxtli qilib, hayotni chuqurroq anglashga undaydi.

Foto: Pexels
10. Uxlashdan oldin kundalik yozing

Kundalikka bir necha qator narsa yozish odatingizga aylansin. Boshingizdan oʻtkazgan tajriba yoki rejalaringiz haqida yozishingiz mumkin. Nima yozishingiz muhim emas, biroq yozishning oʻzi ahamiyatga ega.

Oʻtgan chorshanbada nima boʻlgani esingizdami? Ikki oy oldingi voqealar-chi? Kunlar bir chiziqqa tiziladi, faqat yorqinlarigina esda qoladi. Kundalik tutish odati yoqimli mayda narsalar, shaxsiy fikrlar, sevimli kitoblardan iqtiboslarni saqlashda yordam beradi.

Kundalikni oʻqiganingizda fikrlash tarzingiz, oʻtmishdagi maqsad va istaklaringizni koʻrasiz. Hozirgi paytda erishganlaringiz bilan taqqoslab, qimmatli xulosa chiqarasiz.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ongli va baxtli hayot kechirishingiz uchun 10 ta odat