21:30 / 28.09.2018
4 629

Suratdagi koʻzlardan eng jahldorini tanlang va yangi qirrangizni kashf eting!

Suratdagi koʻzlardan eng jahldorini tanlang va yangi qirrangizni kashf eting!
Bir daqiqa davomida rasmdagi koʻzlarga qarab turing. Sizga yuklatilgan vazifa jahldor insonni topish. Qaysi koʻz unga tegishli?

A. Agar siz birinchi rasmdagi koʻzni jahldor odamga tegishli deb hisoblayotgan ekansiz, demak siz juda donosiz. Hamma narsani chuqur mulohaza qilish, xaqiqatni tub-tubiga yetish sizga zavq bagʻishlaydi. Kutilmagan qiyin vaziyatlarda ham toʻgʻri qaror qabul qilishni bilasiz. Tanish va doʻstlaringiz koʻpincha sizning maslahatlaringizdan foydalanishadi. Odamlarga ijobiy energiya ulashish qobilyatiga egasiz. Bu esa oʻz navbatida, koʻpchilikning siz bilan suhbatlashishga boʻlgan ishtiyoqiga va shaxsiy muammolari bilan oʻrtoqlashishga boʻlgan istagiga olib keladi. Barcha yakunlarni toʻgʻri bogʻlovchi uddaburonligingiz sizni boshqalardan ajratib turadi. Siz — lidersiz, doʻst va hamkasblaringiz orasida hurmatga sazovor shaxssiz.

B. Ikkinchi rasmni tanladingizmi, demak siz pozitiv insonsiz. Oʻziga hosligingiz, emotsionallik, yorqinlik va har bir vaziyatga hazil hissi bilan qaray olishingizdir. Muvaffaqiyat va omadsizliklarga qaramasdan, hayotga boʻlgan pozitiv munosabatingiz hech qachon oʻzgarmaydi. Siz odamlarni oʻziga tortadigan, qandaydir sirli maftunkorlikka egasiz. Feʼl-atvoringizdagi nozik tarafingiz zaifligingizdir. Lekin bu sizni xavotirga solmaydi. Boshqalar haqida qaygʻurish, koʻmak va behalovatlik hayotingizning salkam asosiy oʻrnida turadi. Atrofingizdagi insonlarga qalbingizning bir boʻlagini berasiz, shu sabab ham ular doim atrofingizda.

V. Uchinchi rasmdagi koʻzni tanladingizmi, demak bu koʻz — tugʻma intuitsiya (ichki sezgi)ga ega insonligingizdan darak beradi. Bunday fazilat odamlarning faqat 10% da mavjud. Bu sizga tabiat tomonidan inʼom etilgan sovgʻa. Dunyoda shunday narsalar mavjud-ki, uni insoniyat oddiy mantiq yordamida tushintirib berish kuchiga ega emas. Siz har qanday murakkab vaziyatga intuitsiv ravishda, toʻgʻri yechim topa olasiz. Odamlar bilan oson til topishasiz. Siz ularni yaxshi tushinishingizni ular ham his qilib turishadi. Sizni har bir ish boshida muvaffaqiyat kutadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Suratdagi koʻzlardan eng jahldorini tanlang va yangi qirrangizni kashf eting!