21:00 / 08.10.2018
4 421

Sizning fikrlashingiz erkakchami yoki ayollarga xosmi?

Sizning fikrlashingiz erkakchami yoki ayollarga xosmi?
Rasmdagi odam sizningcha qaysi tomonga yugurmoqda? Javobingiz aslida qanday fikrlashingiz haqida maʼlumot beradi.

1. Siz tomon yugurmoqda;
2. Sizdan qarshi tomonga qarab yugurmoqda.

JAVOBLAR:

1. ODAM SIZ TOMON YUGURIB KELMOQDA:

Bu javob, siz toʻlaqonli erkaklardek fikrlashingizdan darak beradi. Va bu — fakt. Siz bir vaqtning oʻzida bir qancha ishni oʻz zimmangizga olmaysiz, bir ishni tugatgandan soʻnggina ikkinchisiga qoʻl urasiz. Oldingizga juda aniq maqsadlar qoʻyasiz va unga yetishish uchun astoydil harakat qilasiz. Progmatik fikrlaysiz. Kam gapirib, koʻp bajarishga harakat qilasiz.

2. ODAM SIZDAN QARSHI TOMON YUGURIB KETMOQDA:

Bu javob shundan dalolat beradiki, siz 100% ayollardek fikrlaysiz. Oʻz his-tuygʻularingizni boshqarishni bilasiz. Agar sizga ishlayotgan joyingiz yoqsa, oʻzingizni ijodiy qobiliyatlaringizni toʻlaqonli ochib bera olasiz. Kuchli xotira egasisiz. Intuitsiya — ichki sezgingizni esa taʼriflashga til ojiz! Tartibni yaxshi koʻrasiz. Sizda “ayollik boshlanishi” ustunlik qilmoqda, shuning uchun rejalashtirishga intiluvchanlik va goʻzallik bilan bogʻliq barcha narsaga boʻlgan muhabbatni sizda koʻrish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sizning fikrlashingiz erkakchami yoki ayollarga xosmi?