20:05 / 19.10.2018
4 315

Uy sharoitida goʻzallikning oddiy shartlari

Uy sharoitida goʻzallikning oddiy shartlari
Uy sharoitida tayyorlanadigan niqoblar tarkibiga tuxum oqi qoʻshilsa, foydasi ikki barobar ortadi. Qolaversa, bunday niqoblar xamyonbopligi bilan sizga manzur kelishi aniq. Axir bor-yoʻgʻi tuxum oqidan foydalansiz, xolos.

Piling deysizmi?

Bir dona tuxum oqini koʻpirtiring-da, atalangan holicha yuzingizga surting. Niqob qotgach, iliq suvda chayib olasiz. Mazkur usul yuz terisini aʼlo darajada tozalab, teridagi oʻlik hujayralarning ajralishini osonlashtiradi.

Husnbuzarni davolaydi!

Virus va infeksiya tushishi oqibatida kelib chiqqan husnbuzarni davolashda tuxum oqi qoʻshilgan niqoblardan foydalanish mumkin. Buning uchun bir dona atalangan tuxum oqiga ozroq asal qoʻshasiz. Istasangiz, tuxum oqining oʻzini ishlating. Ustma-ust surtilganida hosil boʻlgan yupqa plyonka toshma joylashgan teri katagini kichraytiradi.

Koʻz ostida qopcha boʻlsa...

Bu muammoni ham tuxum oqi yordamida hal etolasiz. Tuxumni koʻpirtirib, koʻz ostiga yupqa qilib surting-da, 10 daqiqadan soʻng iliq suvda chayib oling. Uch kunda bir marotaba bajarilgan niqob koʻz osti qopchasidan asar ham qoldirmaydi.

Immunitetga yordam kerakmi?

2-3 dona tuxum oqini atalab, toʻgʻralgan koʻkatlarni qoʻshing. Soʻng oʻsimlik yogʻi solingan tovada pishiring. Koʻkatli quymoq immunitetni oshiradi. Sarigʻidan foydalanilmagani hisobiga allergik reaksiyalardan xavfsiramasangiz ham boʻladi.

Manba: Darakchi.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)