16:20 / 27.10.2018
10 939

Homila qachon inson shakliga o‘tadi?

Homila qachon inson shakliga o‘tadi?
Homila rivojlanishi bo‘yicha olib borilgan maxsus ilmiy tadqiqot xulosasida aytilishicha, homiladorlikning oltinchi xaftasi oxirida, ya’ni 42-kunning oxirida embrion hayotida muhim bosqich boshlanadi. Shu kuni u inson shaklini oladi. 42-kun o‘tgach, quloq, ko‘z shakllanishi boshlanib, ularning chuqurchalari paydo bo‘ladi.

Yuqoridagi rasmda ona qornidagi embrionning turli muddatlarda olingan rasmlari ko‘rinib turibdi. Ona qorniga tushgan embrion 1-kuni nutfa (maniy) holatida bo‘ladi. Oradan bir xafta o‘tgach, u zuluk ko‘rinishida aks etadi. Zuluk so‘zi arabchada “alaqa” deyiladi. Embrion 35 kunlik bo‘lganda muzg‘a holatiga o‘tadi. Muzg‘a – tishlangan, chaynalgan go‘shtdek bir ko‘rinish. 42 kunlik bo‘lganda esa, inson shakliga o‘tib, unda suyak, ko‘z, quloq kabilar paydo bo‘ladi. Shuningdek, ushbu 42-kunda miya elektromagnit to‘lqinlar yuborishni boshlaydi. Aytib o‘tganimizdek, suyak va bo‘g‘imlarning shakklanish jarayoni ham oltinchi xaftadan keyin boshlanadi.

Bugungi kun embriolog olimlari “Biz homiladorlikning 42-kunidan oldin embriondan insonni eslatuvchi shakllarni topolmaymiz. U bu paytda ko‘proq hayvon embrioniga o‘xshaydi” deyaptilar.

Demak, ilmiy haqiqat shuki, homila 42-kundan so‘ng inson shakliga ega o‘tadi.

Ushbu rasmda homilaning 41 kunlik (chap tarafda) va 44 kunlik (o‘ng tarafda) holati aks etgan. Ko‘rinib turibdiki, 41 kunlik homilada insonni eslatuvchi hech qanday alomat yo‘q. 44 kunlik homilada esa biz quloq, ko‘z va suyagi shakllanib ulgurgan inson ko‘rinishidagi homilani ko‘rib turibmiz.

Olimlar bu ilmiy haqiqatga yaqin yillar ichidagina erishdilar. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bundan bir ming to‘rt yuz yil oldin o‘zlarining muborak hadisi shariflarida: “Agar nutfa qirq ikki kunlik bo‘lsa, Alloh unga (nutfaga) bir farishtani yuboradi. Bu farishta nutfaga shakl beradi, qulog‘i, ko‘zi, terisi va suyaklarini yaratadi...” deganlar. Imom Muslim rivoyat qilgan.

Ushbu hadisda bizga embrion ona qornida qachon inson shakliga o‘tishi haqida ochiq-oydin xabar berilmoqda. Bu 42-kechadir. Shuningdek, quloq, ko‘z, terisi va suyaklarining yaratilishi qachon bo‘lishi ham aytilmoqda.

Insoniyat homilaning ona qornidagi holatini o‘rganish u yoqda tursin, o‘zi haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lmagan bir paytda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mazkur ilmiy haqiqatdan xabar berishlari u zotning haqiqiy Payg‘ambar ekanliklariga ochiq-oydin dalildir!
Subhanalloh!
Nozimjon Iminjonov

Manba: O‘MI rasmiy sayti

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Homila qachon inson shakliga o‘tadi?