15:08 / 02.11.2018
4 642

O‘zbeklar fashistlar konslagerida o‘zini qanday tutgan?

O‘zbeklar fashistlar konslagerida o‘zini qanday tutgan?
Bu voqea 1941 yilda bo‘lib o‘tgan. Sovet qo‘shinlari katta talofatlar berib ko‘plar asirga tushgan payt, ular orasida ruslar ham ukrainlar ham, shu qatori o‘zbeklar ham bor ekan. Fashistlar asirlar ichidan 101 nafar o‘zbekni tanlab olishgan, qolgan millat vakillarini esa boshqa yerga jo‘natishgan. Bundan ko‘rinib turibdiki ular bir narsani mo‘ljallashgan. Ma’lum bo‘lishicha, ittifoq xalqini yerga urib film ishlamoqchi bo‘lishgan va 101 nafar o‘zbekni atayin qiynoqqa solib, ancha payt ovqatlantirishmagan, og‘ir ishlarni qildirishgan, kaltaklashgan, "odammassanlar" deyishgan.

Ular ochlikdan qiynalgan bu xalqni non berishganda itday talashib, bir-biri bilan mushtlashib ketishi haqida film suratga olib, “ko‘rib qo‘yinglar ittifoq xalqining ahvolini, biz toza oriylarmiz, biz hammasini tartibga solamiz" deya jahonga ko‘rsatmoqchi bo‘lishgan. O‘z ko‘zi bilan ko‘rgan bir rus kishining aytishicha voqea shunday bo‘lgan, (keyinchalik u o‘z kundaliklarida bu voqeani qayd qilgan):

"Fashist ofitseri yangi nonni ochlikdan tinkasi qurigan asirlarning o‘rtasiga tashladi, lekin ular kutgan natija bo‘lmadi. Non yerga tushgach olomon yopirilib bormadi, asirlar bir pas qarab turdi, keyin bir asir borib nonni olib peshonasiga surtib, asirlarning eng kattasiga olib borib berdi, so‘ng hamma chordana qurib o‘tirdi. U nonning birinchi bo‘lagini asirlardan eng yoshiga berdi. Shundan keyin sindirib qo‘lma-qo‘l qilishdi, ular shoshilmay yeb bo‘lishgach, duo o‘qib yuzlarini ikki qo‘llari bilan silab turib ketishdi".

Shu tariqa fashistlar filmni suratga olishga erisha olmagan.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » O‘zbeklar fashistlar konslagerida o‘zini qanday tutgan?