07:01 / 03.11.2018
5 210

Rostgo‘ylik iymon mevasidir

Rostgo‘ylik iymon mevasidir
To‘g‘ri so‘zlik har qanday holatda ham gapning rostini aytish, to‘g‘ri guvohlik berish musulmon axloqining eng zarur sifatlaridan biridir. Alloh taolo to‘g‘ri so‘z, haqqoniy so‘zlaydigan bandalarni darajasini ko‘tarib, ularni maqtaydi. Aksincha yolg‘on so‘zlaydigan yolg‘on guvohlik beradigan kimsalarni qattiq qoralaydi.

Alloh Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi: “Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqinglar va rost so‘zlanglar. Shunda Alloh ishlaringizni o‘nglaydi va gunohlaringizni mag‘firat qiladi. Kim Alloh va Rasuliga itoat etsa, demak u ulug‘ yutuqqa erishibdi”. (“Ahzob” surasi, 70-71-oyatlar)

Gapga yolg‘on-yashirinni qo‘shib gapirish, haqiqatni yashirib, boshqalarga zulm ko‘rsatish eng qabih illatlardandir. Bundaylarga qarata Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qiladi: “Haqni botil bilan aralashtirmang hamda bila turib haqiqatni yashirmang”. (“Baqara” surasi 42-oyat)

Rasululloh sallollohu alayhi va ssallam shunday marhamat qiladi: “Gunohlarga pushaymonda, nadomatda bo‘lish – ayni tavbadir”. (Imom Ahmad va ibn Moja rivoyati).

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam shunday marhamat qiladilar: “Har bir odam bolasi xatokor va xotokorlarning eng yaxshisi Allohga tavba qilib, istig‘for aytguvchilardir”. (Imom Termiziy, Imom Ahmad va ibn Moja rivoyati).

Alloh taolo seni tavba qilishga muvaffaq qilishi, tavbangni qabul bo‘lganidan dalolatdir. Alloh taolo har birimizni gunohlarimizga tavba qilib ulgurishimizni nasib qilsin, Alloh taolo marhamatli va rahmli Zotdir.
“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus
Islom bilim yurti talabasi
Oybek Ma’rupov

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Rostgo‘ylik iymon mevasidir