17:26 / 03.11.2018
3 946

Psixolog Toriq Habib farzand tarbiyasidagi muammolar yechimi haqida

Psixolog Toriq Habib farzand tarbiyasidagi muammolar yechimi haqida
Farzandingiz yolg‘on gapiryaptimi?
Demak, siz uni qattiq nazorat ostiga olgansiz!

Farzandingiz o‘ziga ishonmayaptimi?
Demak, siz uni ruhlantirmas ekansiz!

Farzandingiz yaxshi gapira olmayaptimi?
Demak, siz u bilan suhbatlashmas ekansiz!

Farzandingiz o‘g‘rilik qilyaptimi?
Demak, siz unga sovg‘a-salom bermayotgan ekansiz!

Farzandingiz qo‘rqoqmi?
Demak, siz uni ko‘p himoya qilarkansiz!

Farzandingiz boshqalarni hurmat qilmayaptimi?
Demak, siz uning yonida ovozingizni pasaytirmas ekansiz!

Farzandingiz doim qovog‘i osilganmi?
Demak, siz uni maqtamas ekansiz!

Farzandingiz qizg‘anchiqmi?
Demak, siz u bilan o‘zaro hamkorlik qilmas ekansiz!

Farzandingiz boshqalarga nisbatan tajovuz qilyaptimi?
Demak, siz unga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘larkansiz!

Farzandingiz zaifmi?
Demak, siz unga ko‘p do‘q-po‘pisa qilar ekansiz!

Farzandingiz sizni qizg‘anyaptimi?
Demak, siz unga nisbatan bee’tibor ekansiz!

Farzandingiz sizni bezovta qilib, tinchingizni buzyaptimi?
Demak, siz uni bag‘ringizga bosib, yuzlaridan o‘pmas ekansiz!

Farzandingiz sizga bo‘ysunmayaptimi?
Demak, siz undan ko‘p narsa talab qilarkansiz!

Farzandingiz odamovi bo‘lib qolganmi?
Demak, siz o‘zingiz bilan o‘zingiz ovora ekansiz!
"Baxtli hayot sari" kitobidan

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Psixolog Toriq Habib farzand tarbiyasidagi muammolar yechimi haqida