13:45 / 13.11.2018
5 162

Bir hamyon oltin

Bir hamyon oltin
Hayotining so‘nggi onlarida Sufyon Savriy hazratlari yostiqlari ostidan bir hamyon oltin chiqardilar. Uni yonlaridagilarga berib, sadaqa qilib tarqatishni tayinladilar. Do‘stlari hayron bo‘lishdi: «Tavba-tavba, Sufyon Savriy dunyo moliga e’tibor bermas, yig‘mas ham edi. Shuncha pulni asrab o‘tirishlariga sabab nima?»

Sufyon Savriy ulardagi hayronlikni ko‘rib, izoh berdilar:

– Bu pul bilan men dinimni himoya qildim. Shaytonni va nafsimni yengdim. Ular qachon menga: «Kiyadigan kiyiming, yeydigan taoming yo‘q. Ularga erishish uchun harakat qil, mol-dunyo yig‘», deb vasvasa qilishsa, oltinlarni ko‘rsatib, yonimdan quvardim. Bu pullardan shayton va nafs­ga qarshi qurol sifatida foydalandim.

Sufyon Savriy o‘sha hamyondagi oltinlar tarqatilgandan keyin vafot etdilar.

Manba: Irfon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bir hamyon oltin