22:50 / 13.11.2018
3 274

Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (4-qism)

Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (4-qism)
21. Sihatlariga katta e’tibor bering. Agar yoshlari o‘tib qolgan bo‘lsa, harorat o‘lchagich, qand miqdorini o‘lchagich, uyg‘otish, turg‘azish uchun xos bo‘lgan vositalar va boshqa shu kabi vositalarni o‘z vaqtida yetkazib turing.

22. Sihatlaridan xotirjam bo‘lib turishlari uchun oylik tekshiruvni yo‘lga qo‘yib boring.

23. Yoshlariga munosib bo‘lgan ehtiyojlarini qondiring. O‘smirlik davrida muayyan zaruriy narsalarga ehtiyojlar bo‘ladi, balog‘atga yetganlik davrida boshqa narsalarga ehtiyoj seziladi. Ular sizga erta bolalik davrlaridan buyon qanday yordam bergan bo‘lsa, siz ham ularga shunday yordam qo‘lingizni uzating.

24. Xastaliklarida siz ham ulardek xasta bo‘ling. Tuzalganlarida esa bundan juda ham baxtiyor bo‘lganingizni izhor qiling. Ularning haqlarida doimo duoda bo‘ling. Kasal joylariga qo‘lingizni qo‘yib, Qur’on oyatlarini, sahih ruqya hadislarini o‘qib dam soling va bu bilan siz ham yaxshilik, ham Allohning inoyati ila salomatliklariga sabab bo‘lasiz.

25. Kasal chog‘larida tezda tuzalib, yaxshi ahvolga kelishlarini aytib xotirjam qiling. Ahvollari haqida xech qanday yomon gap eshitishlariga yo‘l qo‘ymang. U zotga ozor beradigan har qanday voqeaning xabaridan uzoqda tuting. Balki bu Allohning inson hayotida tayin qilgan sunnati ekanini, sinov bekati ekani va gunohlarga kafforat bo‘lib, tez orada avvalgidek yaxshi bo‘lishlari haqida xushxabar bering.

26. Ularga yashayotgan joylaridagi eng yaxshi mutaxassis shifokorlarni safarbar qiling. Agar yarasalar, shifokor huzuriga o‘zlarini olib boring. Shifokorlar bilan onangizning ahvollari yaxshi ekanligini aytib, xotirjam qilishga kelishib oling. Go‘yo dardlari osongina kelib ketadigan xastalikdek bo‘lsin.

27. Ularni silai rahm (ya’ni qarindosh-urug‘chilik rishtalarini bog‘lash) da yordam bering. Ularni o‘zlariga yaqin olgan dugonalarinikiga, qarindosh-urug‘larnikiga olib boring. Bu bilan ularga surur baxshida qilgan, silai rahmga bo‘lgan ahamiyatlarining kuchayishiga va Robbilariga itoatning ziyoda bo‘lishiga sababchi bo‘lgan bo‘lasiz. Qarindosh-urug‘larga onangiz berishlari uchun munosib hadyalar olib berishingiz yaxshi bo‘ladi.

28. Ularga bir quti qilib berib, ichiga xilma xil yeguliklar, shirinliklar, o‘yinchoq va kichik sovg‘alardan solib turing. Ular ham nevaralari huzurlariga borganda o‘shalardan beradilar, nevaralarning ham buvilariga bo‘lgan muhabbatlari ziyoda bo‘ladi va ularga oshno bo‘ladilar.

29. Uzoq masofaga cafarga chiqmoqchi bo‘lsalar, ular bilan birga chiqing, har vaqt va har yerda ularning yonida bo‘ling. Uylaridan to istagan joylariga yetib olgunlaricha yonlaridan siljimang. Agar yo‘q bo‘lsalar, ular bilan doimiy ravishda muloqat qilib turing.

30. Mahzun bo‘lganingizni ularga ko‘rsatmang, betobligingiz haqida ham shikoyat qilmangki, ular bundan xavotir olib o‘kinmasinlar. Hammasi joyidaligini, xotirjamligingizni ayting. Shuningdek, Alloh yordam berishini, o‘zingizga yaxshi qarashingizni ta’kidlang.

Davomi bor... [leech=https://zamin.uz/hayot-tarzi/44754-onaga-yahshilik-qilishning-150-usuli-1-qism.html].

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (4-qism)