11:20 / 19.11.2018
4 986

To‘g‘ri ovqatlanishning fransuzcha 10 ta qoidasi

To‘g‘ri ovqatlanishning fransuzcha 10 ta qoidasi
Fransiyalik jarroh, onkolog hamda diyetolog shifokor Anri Juayyo qalamiga mansub «Ovqatlanishingizni o‘zgartiring» («Shanegez d’Alimentation») kitobi hozirda Fransiyada diyetologiya bo‘yicha yozilgan kitoblar orasida birinchi o‘rinda turibdi.

Garchi, fransuzcha ovqatlanish tizimi haqida juda ko‘p yozilgan bo‘lsa-da. Ammo bu kitob katta raqobatga qaramay birinchilikka erisha oldi. Sababi, kitob nafaqat ovqatlanish tizimiga e’tibor qaratish, balki butun hayotingizga e’tibor qaratishga undaydi. Bugungi maqolamizda kitobda keltirilgan eng asosiy 10 ta qoida haqida to‘xtalib o‘tamiz.

1. Kuniga kamida besh dona meva yoki sabzavot iste’mol qilish. Atigi 400 g — bu unchalik qiyin bo‘lmasa kerak. Imkon qilsangiz, dozani 700 grammga oshirishingiz ham mumkin. Aynan mana shu mahsulotlardan biz tanamizga kerakli bo‘lgan qand, fruktoza, vitamin, mineral, mikroelementlarni olamiz, ularning miyaga beradigan to‘qlik hissi bizni ortiqcha narsa yeb qo‘ymasligimizni ta’minlaydi.

2. Qand+alkogol+yog‘larning keragidan ortig‘i ko‘krak, bachadon hamda prostata bezi saratoniga chalinish xavfini oshiradi. Haddan ortiq iste’mol qilingan spirtli ichimlik hamda vino saraton xastaligini chaqiradi.

3. Jismoniy mashqlarni doimiy hayot tarziga kiritish — barcha turdagi saraton xastaligi uchun ajoyib profilaktik vosita sanaladi. Uning foydasi haqida ko‘p gapirilgani bois alohida to‘xtalib o‘tish shart emas, deb o‘ylaymiz.

4. Zaytun moyi — mashhur «O‘rta yer dengizi parhezi»ning asosi bo‘lib, ko‘plab aminokislotalarga boyligi bois o‘simlik moylari ichida eng yaxshisi hamda parhezbopi hisoblanadi.

5. Oshqozonni to‘ldirib olish yaramaydi. Kechki paytga yengil taomnoma: bir yoki ikkita meva, zaytun moyi qo‘shilgan yashil salat, bir bo‘lak qora non yeb olish mumkin. Pishloq mahsulotlaridan ehtiyot bo‘lgan ma’qul. Ularda ham to‘yingan yog‘lar bor. Mevali tvorog hamda yogurtlar tarkibida qand bor. Qanddan imkon qadar tiyiling. Mevalardagi qand hamda asal bilan qanoatlana olsangiz yanada yaxshi.

6. Iloji boricha bug‘da tayyorlanadigan taomlarni iste’mol qiling. Gohida inson ba’zi mahsulotlarni iste’mol qila olmaydi. Lekin bug‘da tayyorlansa, ularni bemalol yeya oladigan holatlar ham uchrab turadi.

7. Farzandingizni ko‘krak suti bilan oziqlantirishga harakat qiling. Bu sizdagi ko‘krak saratonining xavfini ancha kamaytirar ekan.

8. Bugun sayyoramiz ifloslanishdan aziyat chekayotgan bir paytda tanamiz ham bunday xiltlardan xoli emas. Ba’zi mutaxassislar profilaktika maqsadida turfa xil dorilarni ichib turishni tavsiya etishadi. Lekin dori-darmon vositalari ma’lum bir xastalikni davolashga mo‘ljallangan. Uning boshqa a’zolarga bezarar ekanligiga hech kim kafolat bera olmaydi.

9. Kam uyqulik ham ortiqcha vaznga sabab bo‘lishi mumki. Bu nafaqat kattalar, balki bolalarda ham kuzatilarkan. Shunday ekan, kunlik 8 soatlik uyqu juda muhim.

10. Fransiya to‘g‘ri ovqatlanish milliy dasturi nondan butkul voz kechmaslikka chaqiradi. Gap shundaki, non tarkibida mushak hamda miya faoliyati uchun kerakli o‘simlik oqsillari, murakkab uglevodlar bor ekan. Demak, nondan butkul voz kechish yaramaydi. Shu o‘rinda non tayyorlangan unga ham e’tibor qaratish kerak. Jaydari undan qilingan nonlar foydaliroq ekanini yaxshi bilamiz. Ammo vaqti-vaqti bilan ozgina oq non yeb turish katta xavf emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » To‘g‘ri ovqatlanishning fransuzcha 10 ta qoidasi