12:33 / 21.11.2018
4 979

«Boshimni yopish - shaxsiy ishim»

«Boshimni yopish - shaxsiy ishim»
AQSh Kongressining Vakillar palatasidagi demokrat qonunchilar quyi palatada bosh kiyimni taqiqlovchi qoidani bekor qilmoqchi. Bu yili Vakillar palatasiga ilk bor ikki musulmon ayol saylandi. Ulardan biri, Minnesota shtatidan saylangan Ilhan Umar ro‘molli.

“Boshimni yopish - shaxsiy ishim va AQSh Konstitutsiyasining Birinchi tuzatishi bu huquqni himoya qiladi”, - deydi Umar.

1837-yilda qabul qilingan qoidaga ko‘ra, qonunchi bosh kiyimda palataga kirishi mumkin emas. Ilhan Umar olg‘a surgan taklifda istisno tariqasida diniy bosh kiyimga ruxsat berish so‘raladi. Taklifga demokratlarning Vakillar palatasidagi lideri Nensi Pelosi va kongressmen Jim Makgovern hammualliflik qilmoqda.

Vakillar palatasiga saylangan ikkinchi musulmon ayol Rashida Tolib Michigan shtatidan bo‘lib, falastinlik muhojirlar oilasida tug‘ilgan.
Behzod MAMADIYeV

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » «Boshimni yopish - shaxsiy ishim»