09:49 / 25.11.2018
3 454

Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (12-qism)

Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (12-qism)
101. Ishlaringizni onangiz bilan maslahatlashing. Nasihatlariga amal qiling. Bergan maslahatlarini oling.

102. Onangiz oldlariga borganda u zotning darajalari va martabalariga loyiq yo‘l bilan o‘tiring (ya’ni onangizdan o‘tirishga ruxsat so‘rab, qo‘llarini o‘pib, u zot ko‘rsatgan o‘ringa o‘tiring).

103. Ularning oldilarida ovqatlanganda odob bilan ovqatlaning. Shuningdek, ular yeguliklardan, ichimliklardan va boshqa narsalardan nimani yoqtirsalar, olib kelib qo‘ying.

104. Ularning ruhiy holatlarini o‘rganing va shunga ko‘ra muomala qiling. Hayot yo‘llarini anglang va shuni hisobga olib harakat qiling. Orzu-istaklarini bilib olib, ziyodasi bilan ado qiling.

105. Qiz farzandlar oilaviy hayotlarida onani unutib qo‘ymasliklari lozim. Qizlarning turmush o‘rtoqlari va oilalari onaga yaxshilik qilishdan to‘smasligi lozim. Onaning atrofida qancha o‘g‘il farzandlar bo‘lsa ham, onaning qalbida qiz farzandning alohida o‘rni bor. Onalar uchun ular, ya’ni qiz farzandlar qiyinchilik va tushkunlik paytida maslahatlashiladigan o‘ziga xos insonlar hisoblanadi.

106. Onalarning shunday ehtiyojlar bo‘ladiki, ularga o‘g‘il farzandlarning aqli yetmaydi, shuning uchun ham qiz farzandlar onaning qiz farzandga ehtiyoji tushadigan o‘rinlarda ahamiyatli bo‘lib, uni amalga oshirishlari darkor.

107. Ahlingiz bilan onangizni ko‘rishga borganingizda farzandlaringizni uy jihozlarini to‘zitib yuborishiga yo‘l qo‘ymanki, ular ketganidan keyi onangiz ularni tartiblashga urinib, charchab qolmasinlar. Yoki uyda bezalgan ba’zi narsalarga farzandlaringiz talafot yetkazishining oldini oling. Chunki bu onangizni malollantiradi va asablarini buzadi. Lekin sizning xotirjamligingiz uchun sukut saqlaydilar.

108. Agar farzandlaringiz yuqorida aytib o‘tilganidek uyning ashyolariga zarar keltirgudek bo‘lsa, darhol ularni tuzatishga, sozlashga shoshiling. Yoki undan ham yaxshisini olib bering.

109. Ma’lumki, har bir xasta bo‘lgan inson o‘zgarib qoladi. Onangiz xastalansalar, shu asnoda ularni ziyorat qilishga va bu kabi og‘ir damlarda yordam berishga intilishingiz darkor. Lekin bunday o‘rinlarda bolalar bilan bezovta qilishdan ehtiyot bo‘lish kerak, qiyin holdagi insonni bu narsa qiynab qo‘yadi.

110. Nevaralar ko‘p bo‘lsa, onani ziyorat qilish dasturini tuzgan ma’qul. Hammaning bir kunda borishi to‘g‘ri emas. Bunday holat onaga og‘irlik qilishi mumkin. Nevaralarning qaysi birini erkalaydilar, qaysi birini aldaydilar (o‘ynatish ma’nosida), shularni ham hisobga olish darkor.

Davomi bor...
"Onaga yaxshilik qilishning 150 yo‘li" kitobi
Abdulloh Rahimboyev tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (12-qism)