17:28 / 26.11.2018
2 900

Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (15-qism)

Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (15-qism)
131. Ularni har zamon va yerda moliyaviy jihatdan ta’minlang. Sizdan so‘ragunlarigacha qo‘yib qo‘ymang.

132. Agar onangizning ehtiyojlari tushgan narsani xarid qilsangiz yoki kerakli bo‘lgan narsani olib borsangiz, narsalarning pulini ulardan olmang. Balki uni kichik bir sovg‘a sifatida bering.

133. Agar siz bank hisoblari bilan muomala qila olsangiz, onangiz uchun bankdan alohida hisob oching va ularga bankomat bilan qanday ishlashni o‘rgating.

134. Agar onangizga nisbatan qandaydir nomaqbul ishga qo‘l urgan bo‘lsangiz, ularga eng aziz odamni orangizda vosita qilib uzr so‘rang. Shoyadki, uzringizni qabul qilib, xatoyingizni kechirsalar.

135. Agar onangizning yoshlari katta bo‘lsa, ularga buni his qildiradigan so‘zlar bilan murojaat qilmang. Bu ularning siqilishlariga sabab bo‘ladi va qalblarini yaralaydi. Bundan hazir bo‘ling.

136. Agar turmushda otangiz bilan bo‘lgan muomalalarida xato qilayotganlarini ko‘rsangiz, buni ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytmang. Ularning g‘ururlariga jarohat yetmaydigan qilib yetkazing.

137. Doimo onangizning rozliklariga eltadigan yangi vositalar haqida fikr yuriting. Atrofingizda onalariga yaxshilik qiladiganlar haqida taammul qiling. Ularning fikrlarini olib, onangiz bilan bo‘lgan hayotingizga tatbiq qiling.

138. Hech qachon onangizga yaxshilik qilishda bir chegarada turib qolmang. Balki ular uchun barcha ishni qiling. Bu sizning zimmangizdagi ularning eng kichik haqlaridan sanaladi. Doimo ularga yana ham mukammal, yana ham ko‘proq yaxshilik qilish yo‘llarini izlang.

139. Onangizning qaysi ishlari, fikrlari, qarashlari bo‘lmasin, uni zohiringizda ham botiningizda ham arzimas sanamang. Balki ulardan ba’zi birlarini amalga oshiring, ba’zi birlarini yaxshi muomala qilib tushuntiring.

140. Onangizning so‘zlarini bo‘lmang, gapirayotganlarida o‘z ishingiz bilan shug‘ullanmang yoxud ular bilan gaplashayotganda boshqa kishini eshitmang. Onangizni jon qulog‘ingiz bilan tinglang.

Davomi bor...
Sulaymon Soqir
"Onaga yaxshilik qilishning 150 yo‘li" kitobi
Abdulloh Rahimboyev tarjimasi

Manba: Azon.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Onaga yaxshilik qilishning 150 usuli (15-qism)