23:06 / 28.11.2018
7 017

Dastxatingiz siz haqingizda so‘zlaydi

Dastxatingiz siz haqingizda so‘zlaydi
Menga dastxat bering! Ha, adashmadingiz. Dastxatingiz kerak! Nega deysizmi? Bu orqali Siz va sizning fe’l-atvoringiz haqida bilib olmoqchimiz. Psixologlarning olib borgan ilmiy tadqiqotlari nechog‘li haqiqatga yaqin bilmadig-u, ammo bu orqali o‘zingizga, tabiatingizga bir qur nazar tashlab olish, ayrim kichik kamchiliklaringizni to‘g‘rilash imkoni hali ham borligini eslatib qo‘ymoqchimiz.

Siz qanday imzo chekasiz?

— Imzo o‘lchamingiz katta-katta bo‘lsa, fikrlash doirasi keng, kichik bo‘lsa, bir so‘zli insonsiz.

— Uzun imzo – sinchkov, ba’zan mijg‘ov.

— Kalta imzo – gapning mag‘zini tezda chaqadi, bir xillikni yoqtirmaydi.

— Dumaloq – yuvosh, mehribon, og‘ir-vazmin.

— Burchaksimon – betoqat, jizzaki, injiq.

— Harflar orasidagi oraliq katta bo‘lsa saxiy, pul sarflashni yaxshi ko‘radi.

— Harflar zich va mayda bo‘lsa, tejamkorlikni bildiradi.

— Har-xil elementlarga boy imzo, masalan, aylana – bir qator muammolari bor, ilmoqchalar – ehtiyotkor va qat’iyatli, rasmlar – har bir ishga ijodkorona yondashadi, murakkab elementlar – katta lavozimlarni ko‘zlaydi.

— Imzodagi yakuniy element yuqoriga bo‘lsa, hayotdan rozi; pastga – tushkunlikka moyil; to‘g‘riga – fe’l-atvori o‘rtachalikni bildiradi.

— Imzodagi “dum”lar uzun bo‘lsa, demak birovning fikrini eshitishga toqati yo‘q, kalta bo‘lsa, yuragi tor.

— Oddiy imzo egasi “muammo yo‘q” qabilida yashaydi, bachkana imzo qo‘yuvchilar pashshadan fil yasaydigan bo‘lishadi, original imzoga egalar katta ijodiy salohiyatga ega bo‘ladi.

— Imzo qanchalik tushunarli bo‘lsa, egasi ham shu qadar ochiq ko‘ngil bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Dastxatingiz siz haqingizda so‘zlaydi
[/banner_pushhouse