21:16 / 08.12.2018
6 610

Oqil podshoh siyosati

Oqil podshoh siyosati
Bir kishi Abdulmalik ibn Marvon (umaviy xalifa, tobe’iynlardan) rohimahullohga bir kuni:

– Sizga bir narsani xoli aytmoqchi edim, – dedi. Abulmalik atrofidagilarga qarab:

– Istasangiz.. (bizni xoli qoldirishingiz mumkin), – dedi. Ular turib ketgach, haligi kishi endi gap boshlayman der ekan, xalifa uni:

– To‘xta, – deb to‘xtatdi va unga dedi: – Meni maqtay ko‘rma, chunki o‘zimni sendan ko‘ra yaxshi taniyman. Yolg‘on gapira ko‘rma, chunki yolg‘onchining burdi bo‘lmas. G‘iybat qila ko‘rma.

Buni eshitgan haligi odam:

– Unda menga (ketishga) ruxsat bersangiz, – dedi...!

– Mayli, istasang, – dedi xalifa..!
Abul Abbos Mubarrid
"Al Komil fillug‘a" kitobi, 1/65

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oqil podshoh siyosati