21:14 / 16.12.2018
4 089

Mavsumiy shamollashning oldini olish va davolash yo‘llari

Mavsumiy shamollashning oldini olish va davolash yo‘llari
Fasllar almashishi vaqtida virusli shamollash kasalliklarining kuchayishi an’anaga aylanib qolgan. Nafas yo‘llarining og‘ir kechuvchi shamollash kasalligi eng keng tarqalgan kasallik hisoblanadi.

Nafas yo‘llarining og‘ir kechadigan shamollash kasalligi tumovdan boshlanadi. Bu alomat yoqimsiz bo‘lsa ham unchalik qo‘rqinchli emas. Eng xavflisi, infeksiyaning avval tomoq va bo‘g‘izni egallashi va keyin esa traxeya, bronx va o‘pkaga o‘tishidir.

Gripp bilan kurashishda emlash yordam beradi

Ba’zilar emdorilarga xavfsirab qaraydi. Shunga qaramasdan shifokorlar grippga qarshi albatta emlash zarurligini ta’kidlaydilar. Emdori ayni mavsumda epidemiya chaqiruvchi shtammlar faolligini pasaytiradi. Bundan tashqari, vaksina immun tizimining qayta qurilishiga yordam beradi va organizmning boshqa shtammlarga chidamliligini oshiradi.

Dori-darmonlarni uzoq vaqt qabul qilish mumkin emas

Har qanday kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi dorilar, shu jumladan antibiotik, o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Ijobiy tomonlari: zararli mikroblarning tez tugatilishi, kasallik alomatlarining yo‘qolishi, kasal ahvolining yengillashishi. Salbiy tomonlariga esa qo‘shimcha xavfli ta’sir hisoblanuvchi immunitetning zarar ko‘rishi kiradi. Shuning uchun antibiotiklarni vrach tavsiyasi asosida va nazorati ostida qabul qilish lozim.

Vitaminlar – eng yaxshi yordamchilar

Vitaminlar virusli infeksiyaga qarshi kurashda juda yaxshi vosita hisoblanadi, ayniqsa C vitamini – kuchli antioksidant. Ular grippni kompleks davolashda tarkibiy qism sifatida ishlatiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Mavsumiy shamollashning oldini olish va davolash yo‘llari