21:15 / 18.12.2018
5 352

Ayollarning erkaklarga nisbatan uzoqroq umr ko‘rish siri nimada?

Ayollarning erkaklarga nisbatan uzoqroq umr ko‘rish siri nimada?
“Aging Cell“ jurnalida chop etilgan maqolada ayollarning erkaklarga nisbatan uzoqroq umr ko‘rish sabablari haqida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, ayollarning uzoq umr ko‘rishi ularning hayotga “sog‘lom ko‘z” bilan qarashidan tashqari, zaif jins organizmida keksalikni sekinlashtiradigan irsiy hujayralar nusxalari borligi bilan ham bog‘liq bo‘lish mumkin.

“Biz ayollarning erkaklardan ko‘proq umr ko‘rish sabablarini anchadan beri o‘rganib kelamiz. Ko‘pchilikning fikricha, jinslar o‘rtasidagi farqlarning evolyutsion ildizlari bor” degan Kaliforniya universiteti tadqiqotchisi Dena Dubal.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda insonlarning o‘rtacha umr ko‘rishi 71 yoshni tashkil etmoqda. Butun dunyo bo‘ylab ayollarning hayot davomiyligi o‘rtacha 73 yoshni barqaror ko‘rsatib turibdi, erkaklarniki esa 68 yosh.

Bilamizki, erkaklarning ayollarga nisbatan kamroq umr ko‘rishiga sabab – ularning zararli odatlarga moyilligidir.

Dubal va uning hamkasblari esa jinslar o‘rtasida umr ko‘rish bo‘yicha farq faqat ijtimoiy sabablarda emas, balki irsiy omillarga ham aloqador, degan xulosaga kelgan. Ularning izohlashicha, ayol va erkak a’zolari ishlashidagi farq jinsiy xromosomalarning qanday qurilganiga bog‘liq.

Gap shundaki, “erkak” xromosoma – “ Y“ tarkibida hayot uchun muhim genlar deyarli yo‘q. Shuning uchun ham uni bemalol genomdan olib tashlash mumkin. Aksincha “ayol” xromosomasi – “X” hayot uchun juda zarur bo‘lgan genlarni o‘zida saqlab, uning ish tartibidagi buzilish yomon oqibatlarga olib keladi.

Dubal va uning jamoasi ayollar uzoq umr ko‘rishining siri aynan “ X” xromosomasida, degan farazni tajribada sinab ko‘rishdi. Olimlar erkak va urg‘ochi kemiruvchilar geniga ortiqcha “X” xromosomasini kiritib, ularni uch yil davomida kuzatdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, “XX” xromosomali kemiruvchilar “XY” xromosomali kemiruvchilardan ko‘proq muddat yashagan. Demak gendagi ortiqcha “X” xromosomalar hayot davomiyligini ta’minlab bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ayollarning erkaklarga nisbatan uzoqroq umr ko‘rish siri nimada?