Parhezshunoslar sut bilan qo‘shib iste’mol qilinganida organizm uchun xavfli oqibatlar keltirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini tuzishdi, deya xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Xususan, qahva sut bilan qo‘shib ichilganida tetiklantiruvchi natija bermaydi. U sut oqsili ta’siri ostida neytrallashadi. Bunday ichimlikdan keyin aksincha uxlagingiz keladi.
Mutaxassislar ko‘k choy va sutning aralashmasini ham muvaffaqiyatsiz hisoblashadi. Bundan tashqari ko‘k choyni “muammoli” ichakli kishilarga ichish tavsiya etilmaydi. Sutning qo‘shilishi choyning antioksidant ta’sirini pasaytiradi, tomirlarni kengaytirib, qon bosimini o‘zgartiradi.
Dengiz mahsulotlari va sariyog‘ qo‘shilgan qaylali taomlar ko‘pchilik uchun mazali tuyuladi. Biroq bunday qo‘shilma oshqozon bilan bog‘liq muammolarning sababiga aylanishi mumkin. Organizmda oqsillar dozasi ortib ketishi yuz beradi, bu esa buyraklar faoliyatini murakkablashtiradi.
Pishloqli omlet ham eng yaxshi birikma emas. Sutning tuxum va pishloq bilan aralashmasi – “oqsilli zarba” bo‘lib, oshqozon hazm qilish tizimi undan keyin tiklanish uchun uzoq vaqt sarflashiga to‘g‘ri keladi.
Sutni mevalar bilan birga iste’mol qilish ham xavfli. Mevalarni desert o‘rnida emas, har doim asosiy taomdan alohida yeyish kerak.
Sut ayrim sabzavotlar – bodring, pomidor, brokolli, qovoqcha, sabzi bilan ham “kelishmaydi”. Ulardan keyin ovqat hazm bo‘lish jarayoni buziladi, kuchli og‘riqlar paydo bo‘lishi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi