19:22 / 03.01.2019
5 263

Jismoniy faollik immunitetga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Jismoniy faollik immunitetga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Sizni yo‘tal, shamollash, doimiy charchoq bezovta qilsa, kundalik sayrlar yoki haftasiga bir necha marta oddiy jismoniy mashqlar o‘zingizni yaxshi his qilishingizga ko‘mak beradi.

Jismoniy faollik nafaqat immun tizimiga bakterial va virus infeksiyalariga qarshi kurashda yordam beradi, balki yurak kasalliklari, osteoporoz va saraton kasalliklarining rivojlanish xavfini pasaytiradi, deyiladi Kun.uz saytida.

Jismoniy faollik qanday qilib kasalliklarga qarshi kurashni kuchaytirishi hozircha noma’lum. Bu borada bir necha nazariya mavjud:
· Jismoniy mashqlarni bajarishda nafas yo‘llari mikroorganizmlardan tozalanadi. Bunda gripp, shamollash va havo-tomchi yo‘li orqali yuquvchi boshqa kasalliklar xavfi kamayadi. Bundan tashqari, jismoniy mashqlar ajraluvchi tizimlar (peshob, ter) faolligini kuchaytiradi va bu organizmning kanserogenlardan tozalanishiga turtki beradi.
· Jismoniy faollik davomida organizmdagi barcha jarayonlar, shu jumladan immun tizimi faoliyati ham faollashadi. Organizmni infeksiyalardan himoyalovchi leykotsitlar va antijismlar tezroq harakatlanib, kasalliklarni boshlang‘ich bosqichidayoq aniqlay boshlaydi.
· Jismoniy faollikda tana harorati biroz oshadi. Bu bakteriyalar ko‘payishining oldini olib, organizmga infeksiyalarga qarshi yanada samarali kurashish imkonini beradi.
· Jismoniy mashqlar kasalliklar xavfini oshiruvchi stress gormoni ajralishini kamaytiradi.

Jismoniy faollikning sog‘lomlashtiruvchi ta’siriga qaramay, me’yor haqida unutmaslik kerak. Immunitetingizni mustahkamlash uchun o‘zingizni haddan ziyod qiynamang. Aslida og‘ir va davomli jismoniy mashqlar immun tizimiga qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatadi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, sog‘liq uchun eng foydalisi - kamharakat hayot tarzidan me’yoriy turmush tarziga o‘tish. Jismoniy faollikning bunday dasturi quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
· Haftada bir necha marta bolalar bilan velosipedda sayr qilish;
· Kundalik 20-30 daqiqalik piyoda sayrlar;
· Kun ora sport zalida shug‘ullanish;
· Muntazam ravishda tennis o‘ynash.

Bundan tashqari, jismoniy faollik insonning o‘zini yanada yaxshiroq his qilishiga olib keladi, mashqlarni bajarish davomida siz kuch-quvvatga to‘layotganingizni sezasiz. Shunday ekan, aerobikaga yozilish yoki shunchaki sayrga chiqish kerak. Shundagina o‘zingizni sog‘lom va kuch-g‘ayratga to‘lgan his qilasiz!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Jismoniy faollik immunitetga qanday ta’sir ko‘rsatadi?