08:05 / 14.01.2019
4 144

“Iddaoga qarasang, ayol har narsadir, amalda esa, oʻyinchoqlarning eng tubanidir”

“Iddaoga qarasang, ayol har narsadir, amalda esa, oʻyinchoqlarning eng tubanidir”
“...Uzoq yillar shu qanoatda boʻlib keldim. Ammo bu qanoatim ichida bir xayol ham bor edi: “Ajabo, haqiqatan ham bularning bariga erkaklar sababchimikan?“ Oʻtgan kunlarda buyuk bir olimning kitobidan oʻqiganim ushbu satrlar qanoatimni yanada quvvatlantirdi: “Erkaklarning xotinlashishi ayollarning erkaklashishi natijasini berdi”, deydi olim.

Shular haqida bosh qotirib yurgan kunlarim bir oyati karima maʼnosining tarjimasiga duch keldim. Niso surasining 117-oyati (tarjimasi)da bunday deyiladi: “Ular Undan boshqa faqat ayol sanamlarga ibodat qilurlar va faqat bebosh shaytonga ibodat qilurlar”. Oyatning tafsirida Allohga sherik keltirgan bir kimsaning ruhida eng buyuk gʻoya boʻlib “ayol” joy olgani koʻrsatilibdi va bunday deyilibdi: “Baʼzi erkaklar ayollarga qiymatidan ham baland bir maqom beradilar. Natijada insonning dunyoga kelish gʻoyasini “Allohga ibodat qilish“ emas, balki (Alloh saqlasin) “ayolga sigʻinish” deb gumon qiladilar“. Bunga arab mushriklari sanamlariga ayol ismlarini qoʻyganlarini ochiq dalil desa boʻladi.

Va yana, yunon va shunga oʻxshash bir qancha butparast xalqlarning but-sanamlari ayol ekani maʼlumdir. Bu holat ayolga haqiqatan ham qiymat berganlaridan emas, aksincha, masalaning ichida Alloh huzuridan qochish, Unga ibodat qilishdan yuz oʻgirish yotibdi. Agar bunday boʻlmaganida edi, ayollardan butlar yasab, ularga sigʻingan oʻsha qavmlar ayni zamonda ayol zotiga eng buyuk zulmlarni qilmagan boʻlardilar.

Tafsirlardan birida yozilgan “Iddaoga qarasang, ayol har narsadir, amalda esa, oʻyinchoqlarning eng tubanidir”, degan jumlalar ularning ayolga asl munosabatlarini qanday goʻzal ifoda etibdi! Ayolning asl maqomidan (darajasidan) tushirib, unga sigʻinadigan darajada bogʻlangan insonlar aslida shaytonning nayrangiga uchayotganlarini va bu hollari bilan shaytonga sigʻinayotganlarini oyati karima juda toʻgʻri ifodalab qoʻygan.

Oradan qancha yillar, qancha asrlar oʻtgan boʻlishiga qaramay, shayton yana oʻsha shaytondir, nafs yana oʻsha nafsdir. Hamma zamonlarda boʻlganidek, bugun ham nafsiga asir va shaytonga oʻyinchoq koʻpchilik erkaklar eng qulay gʻaflat vositasi qilib yana ayolni tanlashgan...“
Alouddin Basharning “Sevgi nima?“ kitobidan
Davron Qobil tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Iddaoga qarasang, ayol har narsadir, amalda esa, oʻyinchoqlarning eng tubanidir”