12:13 / 14.01.2019
4 656

Qarish jarayonini sekinlashtiruvchi mahsulot aniqlandi

Qarish jarayonini sekinlashtiruvchi mahsulot aniqlandi
Oq qo‘ziqorin tarkibida qarish jarayonini sekinlashtiruvchi 2 ta antioksidant borligi sabab, yanada ko‘proq vaqt yosh holda qolishimizga ko‘mak beradi. Bu haqda Pensilvaniya (AQSh) universitetining olimlari o‘tkazgan tadqiqotiga asoslanib, «Korrespondent.net» xabar qildi.

Tadqiqotchilarning aytishicha, oq qo‘ziqorin organizmda o‘z-o‘zidan ishlab chiqarilmaydigan antioksidant – ergotionein aminokislotaning manbasi hisoblanadi.

Inson bu moddani faqatgina ratsional ovqatlanishdan olishi mumkin. Oq qo‘ziqorin tarkibidagi ergotionein boshqa mahsulotlardan 10 barobar ko‘proq. Bundan tashqari, qo‘ziqorinlarda yana bir muhim antioksidant bo‘lgan glutation mavjud.

Antioksidant moddalar hujayralardagi faol kislorod darajasini nazorat qiladi. Shu tufayli ular molekulalarning hujayralari va hujayra membranalarining hayoti uchun zarur bo‘lgan DNKning zararlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Qarish jarayoni organizmdagi oksidlanish natijasida hujayralarga yetgan shikastlanishlarning yeg‘ilib qolishi bilan bog‘liq. Shuning uchun ham antioksidantlarning himoyalovchi xususiyati qarishni sekinlashtira oladi.

Oq qo‘ziqorin tarkibida mavjud bo‘lgan eng muhim ozuqalar — selen, D vitamini, glutation va ergotioneindir. Olimlarning ta’kidlashicha, ularning barchasi oksidlovchi stressni yengillashtiradigan antioksidantlar hisoblanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qarish jarayonini sekinlashtiruvchi mahsulot aniqlandi