Xalqaro olimlar jamoasining aniqlashicha, ko‘p hayot kechirgan qarindoshlarning borligi oila boshqa a’zolarida uzoq umr ko‘rish imkoniyatini oshiradi. Bu haqda MedicalXpress’dagi matbuot uchun xabarnomada aytilgan.
Tadqiqotchilar 20 ming oiladan bo‘lgan 315 ming kishining shajarasini tahlil qilib chiqishdi, ular haqidagi ma’lumotlar 1740 yildan beri to‘plangan. Ma’lum bo‘lishicha, uzoq hayot kechirgan qarindoshlar sonining ortishi bilan erta o‘lim xavfi kamayadi. Agar ota-ona uzoq yashagan bo‘lsa, unda o‘lim ehtimoli 31 foizga pasayadi. Shu bilan birga, tadqiqotchilar eng yuqori hayot davomiyligiga ega bo‘lgan insonlarning 10 foizini uzoq umr ko‘ruvchilar, deb hisoblashgan.
Agar uzoq umr ko‘rganlar ota-ona emas, balki amaki va amma bo‘lsa, bunda ham o‘lim xavfi kamaygan. Olimlarning so‘ziga ko‘ra, ba’zi tashqi omillar umr davomiyligini pasaytirsa ham, bu ota-onalar uzoq umr ko‘rish genlarini berishi mumkinligini isbotlaydi. Tadqiqotchilar umid qilishicha, ish natijalari tegishli DNKni aniqlashga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?