16:16 / 15.01.2019
6 843

"To‘ng‘iz yili" tavsiyalari: Savr burji vakillari uchun (21 aprel – 21 may)

"To‘ng‘iz yili" tavsiyalari: Savr burji vakillari uchun (21 aprel – 21 may)
Umumiy bashorat
Savr burji vakillari uchun 2019 yil eng ajoyib damlarga boy o‘tadi. Daromadlari ko‘payib, o‘zlari yoqtirgan ishda ishlay boshlashadi.

Hurmatli Savr burji vakillari, “To‘ng‘iz yili”da dam olish maskanlarida hordiq chiqarishga ham ulgurasiz. Faqat bunday vaqtichog‘lik do‘stlar yoki yaqinlar davrasida bo‘lgani ma’qul. Ana shunda zerikishga umuman vaqt qolmaydi. Birgina kamchiligingiz — oila davrasida juda kam bo‘lishingizdadir. Ish bilan bo‘lib yaqinlaringizga vaqt ajratishni unutmang. 2019 yilda yulduzlar tadbirkorlik borasida ish boshlashingizni maslahat berishmoqda. Bu moliyaviy imkoniyatlaringizni yanada kengaytiradi.

“To‘ng‘iz” bo‘ydoq burj vakillarini juftlari bilan uchrashtiradi. Uchrashuvdan keyin tezroq qaror chiqarishga harakat qiling, aks holda baxtingizni qo‘ldan boy berasiz. Oilali juftliklar ko‘payishi kutilmoqda.

Sog‘lig‘iga bee’tiborroq bo‘lganlar, bu yil salomatlik borasidagi qarashlaringizni butunlay o‘zgartiring. 2019 yilda yulduzlar ularga maxsus sog‘lomlashtiruvchi “dastur” tayyorlashgan. Sport bilan shug‘ullanish, ruhiy holatlaringizni mustahkamlab olishga ko‘proq e’tibor bering.

Unutmang, “To‘ng‘iz” juda e’tibortalab jonivor. Agar yil egasining ko‘nglini topa olsangiz, omad siz tomonda. Buning uchun o‘zingizni dadil tuting, biroqo‘zingizga bino qo‘yishdan qoching. Barchaga o‘rnak bo‘la oladigan ishlarni amalga oshirishga harakat qilib, yomon odatlaringizdan voz kechishni maslahat beramiz.

Yil boshida “To‘ng‘iz”ning ko‘nglini ovlash qi­yin­roq kechadi. Biroq mart oyiga kelib, ishlaringiz yana iziga tushib, yaxshilanishi aniq. Agar tinimsiz ishlasangiz yuqori natijalarga erishishingiz mumkin. Shaxsiy biznesini yuritayotganlar esa yuqori marralarni zabt etib, raqobatchilaridan o‘zib ketishi kutilmoqda. Ayniqsa, yangicha yondashuv olib borganlarga omad kulib boqadi. Uzoqni ko‘ra biladigan hamkorlarni jalb etishga harakat qiling.

Boshqa yo‘nalishlarda ishlaydiganlarni 2019 yilda chet elga xizmat safariga yuborishadi. Shuning uchun yulduzlar ushbu bTo‘ng‘iz yili”da to‘y marosimini o‘tkazishga shoshilmaganingiz ma’qul. Yulduzlar to‘ydan oldin tanlagan umr yo‘ldoshingizning fe’l-atvori va rejalari bilan tanishish foydadan xoli emasligini aytishmoqda. Sabr bilan kuting va kuzga yaqin karnay-surnay sadolari ostida mehmonlarni kutib olasiz.

Moddiy ahvoli yaxshilanib borayotgan burj egalari oilasini ta’minlash, kerakli jihozlar olishga otlanaverishlari mumkin. Ammo berilib ketmang. “To‘ng‘iz” sizga qanday qilib pul jamg‘arish sirlarini o‘rganib olishlari zarar qilmasligini maslahat bermoqda.

2019 yil “Savr”larga ijodiy parvozlar olib kelishi mumkin. G‘oyalar juda ko‘p, biroq hammasini ham amalga oshirishga ulgurmaysiz. Shuning uchun eng yaxshisini tanlab, ishga kirishing. Agar siz o‘zingizning yangi qirralaringizni kashf etgan bo‘lsangiz, hech kim sizga to‘sqinlik qilolmaydi.

Ish joyingizda tajribali insonlarga hamroh bo‘lishga harakat qiling. O‘z ustingizda ishlash zarar qil­maydi. Kuz oyi o‘rtalarida mo‘maygina daromad kutmoqda.

“To‘ng‘iz yili”da yaqinlaringizni bee’tibor qoldirmang. Yulduzlar 2019 yilda qarindoshlar va oila a’zolaringiz bilan tez-tez muloqot qilib turishni, ularning ahvolidan xabar olishni maslahat berishmoqda. Dekabr oyida oila a’zolaringiz bilan dam olish maskanlarida hordiq chiqarishni rejalashtirsangiz bo‘ladi. Ammo ta’tilga otlanishdan avval barcha kirim-chiqimlarning hisob-kitobini qilib keting. Ana shunda ko‘ngil xotirjamligiga erishasiz. Yil oxirida esa kutilmagan sovg‘aga ega bo‘lasiz.urj vakillariga xorijiy tillarni o‘rganishni tavsiya etadi.

ShAXSIY HAYoT
Hali oila qurmagan burj egalarining juftini topish vaqti keldi. Agar bu yil ham oila haqida bosh qotirmasangiz vaqtni yo‘qotasiz. Shuning uchun, tezroq bir qarorga kelib, to‘y taraddudini ko‘ring. “To‘ng‘iz” sizga o‘z juftingizni topish uchun qo‘lidan kelgancha yordam beradi.

“Savr”lar tabiatan juda oilaparvar. Biroqyulduzlar rashk qilishdan uzoqroq bo‘lishingiz kerakligini maslahat berishmoqda. Ayniqsa, kundalik muammolarga ko‘z yumib, turmush o‘rtog‘ingizga yon bosishga harakat qiling. Shuningdek, har bir qilayotgan ishingiz va aytayotgan so‘zlaringizni nazoratga olish foydadan xoli emas.

2019 yil yulduzlar uy-ro‘zg‘or buyumlarini xarid qilish, ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni keyingi yilga qoldirishni maslahat berishmoqda. “To‘ng‘iz yili”da ortiqcha xarajatlardan qochib, madaniy hordiq chiqarishga vaqt ajratish foydaliroqdir.

SALOMATLIK
“Savr”lar mazali taomlardan to‘yib ovqatlanishni xush ko‘radi. Biroq bu borada me’yor va tartibni unutmaslik zarur. Aks holda vazn borasida muammolarga duch kelasiz.

2019 yilda yulduzlar ko‘proq vitaminga boy yegulik­lar tanovul qilishni, taomnomani sabzavot, bo‘tqalar, sut mahsulotlari va mevalar bilan boyitishni, kechki ovqatga yengil taomlarni iste’mol qilishni maslahat berishmoqda. Serharakatlik esa salomatligingiz garovidir.

KARERA
2019 yil sermahsul keladi. Agar halol mehnat qilsangiz, daromadingizni tejasangiz va bir qismini jamg‘arib qo‘yishga o‘rgansangiz hammasi yaxshi bo‘ladi.Qo‘shimcha ish takliflarini qaytarmang.

Hamkorlarga kelsak, “yetti o‘lchab bir kesing”. Va’dalarga ishonavermang. Yulduzlar ishga oid hujjatlarni imzolashda juda sinchkov bo‘lishingizni tavsiya qilishmoqda. Bunday vaziyatlarda dangasalik yaramaydi.

AYoL "SAVR"LAR
Bu yil taqdir sovg‘alari kamroq bo‘ladi. Shunday bo‘lishiga qara­mas­dan, o‘zingizni qo‘lga olib, kamroq asabiylashing. Zero, birgina “ko‘z yosh” bilan muammolarni hal etib bo‘lmaydi. Yulduzlar bunday vaziyat­larda har qanday sinovlarga tik boqishni maslahat berishmoqda. Agar o‘zingizni qo‘lga olishni va hissiyotlaringizni jilovlay bilishni o‘rgansangiz, “To‘ng‘iz yili”da ko‘pgina to‘siqlarni osongina chetlab o‘tasiz. Mayda muammolar va xatolarga ham kamroq e’tibor qarating.

Asosiy muammolar yozda yuzaga keladi. Ammo ularning yechimini topish mumkin. Bu yil qiyin kecharkan-da, deya qayg‘urmang. 2019 yil yaxshi voqealar ishtirokchisiga ham aylanasiz. Bahor va qishda barcha qiyinchiliklar evaziga kattagina mukofot olishingiz mumkin.

ERKAK "SAVR"LAR
Birinchi yarim yillikda erkak “Savr”lar avval qilgan mehnatlarining rohatini ko‘radi. Shuningdek, hamkasblari va rahbariyatning ishonchini qozonib, ish joyidagi obro‘sini mustahkamlab olishlari mumkin. Ammo yanvar oyidan iyul oyiga qadar yaqinlaringiz bilan ba’zi muammolar yuzaga kelishi mumkin. Yoz mavsumi serdaromad bo‘ladi. Ammo daromadingizning bir qismini jamg‘arib qo‘ysangiz maqsadga muvofiq.

“To‘ng‘iz yili”da erkak “Savr”lar kasbiy mahoratlarini oshirishlariga to‘g‘ri keladi. Dekabr oyiga kelib, quvvatingiz kamaya­di, biroq “oyoqni uzatish” yaramaydi. Agar urish va janjallar chetlab o‘tilsa, oilaviy hayot bir maromda kechadi. Har qanday vaziyatda odamlarga yon bosishga harakat qilsangiz bo‘lgani. Doimo turmush o‘rtog‘ingizni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilib, ro‘zg‘or yumushlarini birgalikda bajaring. Zero, bu juda maroqli va munosabatlarni yanada mustahkamlashga yordam beradi.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "To‘ng‘iz yili" tavsiyalari: Savr burji vakillari uchun (21 aprel – 21 may)