06:00 / 16.01.2019
6 866

Qorin qo‘yish «obro‘»mi?.. (yoxud o‘sha "obro‘"ni yo‘qotishning 7 usuli)

Qorin qo‘yish «obro‘»mi?.. (yoxud o‘sha "obro‘"ni yo‘qotishning 7 usuli)
Odatda, erkaklar yoshi o‘tib borgani sari, qorni ham kattarib borishiga odatiy hol deb qaraymiz. Hozir hatto yosh yigitlarning qomatini ham shunday qorinlar «bezab turadi». Ammo bunday «obro‘» nafaqat tashqi ko‘rinishga, balki salomatlikka ham katta ziyon yetkazishini inobatga olsak, undan qutulish tadbirini boshlash kerak. Bunda 1-Respublika markaziy tashxislash poliklinikasi terapevti oliy toifali shifokor Nodira Hamroyevaning maslahatlariga quloq tutamiz.

Hammasiga gormonlar aybdor?!
Ko‘p ovqatlanish, kamharakatlilik va o‘tirib ishlash, yoshga bog‘liq o‘zgarishlar hamda gormonal buzilishlar qorin paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ammo qorinni yo‘qotishda yog‘ qatlam turlarini ham inobatga olish darkor. Yog‘ qatlami 2 xil bo‘ladi. Teri ostida va visseral — qorin bo‘shlig‘i ichidagi yog‘ qatlamlari.

Teri ostiga yig‘ilgan yog‘ qatlamini yo‘qotish u qadar qiyin emas. Buni mahsus parhez va jismoniy mashg‘ulotlar yordamida uddalasa bo‘ladi.
Yog‘ teri ostiga yig‘ilganini bilish uchun qorinni ushlab ko‘ring: u yumshoq, burmalar bo‘lib oson yig‘iladi.
Visseral yog‘ qatlami esa boshqa gap. Bunday holatda qorin qattiq va aniq dumaloq shaklda bo‘ladi. Odatda, uni burma qilib yig‘ib bo‘lmaydi.

Ichki a’zolar xavfda!
Yog‘ qatlami qorin bo‘shlig‘ining ichki tomonida yig‘ilgani uchun u ichki a’zolarni qamrab oladi. Yog‘ ko‘paygani sari a’zolar «siquvga olinadi». Yog‘ ichida «nafas ololmay» qolgan a’zo va tizimlar esa to‘laqonli ishlay olmasligi tabiiy. Qorin ichki yog‘ qatlamlari ortib borayotgan ekan, qandli diabet, qonda lipidlar va xolesterin miqdorining ortishi, ateroskleroz, uning ketidan tromblar, infarkt yoki insult, qon bosimi bilan bog‘liq muammolar uzoq kuttirmaydi.

Boz ustiga, vazn ortib ketishi oqibatida harakatlanishning qiyinlashishi, hansirash, tayanch-harakat apparatining zo‘riqishi kabi muammolar ham yuzaga keladi.

Hal qiluvchi 7 qadam
Oldindan aytib qo‘yamiz, qorin 1-2 hafta yoki bir necha oyda ketib qolmaydi. Ayniqsa, qorindagi visseral yog‘ qatlamlari juda chidamli bo‘lib, ularni yo‘qotish uchun uzoq vaqt ter to‘kishga to‘g‘ri keladi.

1-qadam. Ishni tibbiy ko‘rikdan o‘tish bilan boshlagan ma’qul. Chunki qorindorlikka biror kasallik sabab bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lsa, avval uni davolash kerak bo‘ladi.
2-qadam. Turmush o‘rtog‘ingiz salbiy odatlaridan voz kechishi shart.
3-qadam. Organizmni tozalash. Buning uchun diyetologlar tahllil natijasiga ko‘ra detoks-dasturlarni tavsiya qilishadi. Bunda fitoterapiya, ochlik, faollashtirilgan ko‘mir preparatini qabul qilish yoki tabiiy va tibbiy vositalar qo‘llanilishi mumkin.
4-qadam. Taomlanishning yangi rejasi. Detoks-dasturlarni o‘tkazgach, yangicha taomlanish tartibini tuzish lozim. Buning shartlari quyidagicha:
Tabiiylik: sifatli va yangi mahsulotlar hamda ko‘proq meva -sabzavotlarni istemol qilish. Yarimtayyor mahsulotlar, qovurilgan kartoshka (chipslar), fastfud, yog‘li taomlar, shuningdek, unli va qandli mahsulotlar cheklanadi.
Pivo, shirin gazli ichimliklar man etiladi. Shirin choy hamda sutli qahva ham shular qatorida. Turmush o‘rtog‘ingiz ko‘k choyga o‘tgangani ma’qul. Asosiysi, yetarlicha toza suv ichish kerak.
5-qadam. Hayot tarzini o‘zgartirish. Kun tartibi aniq rejalashtirilishi va albatta, jismoniy mashg‘ulotlar, sayr qilish, dam olish uchun vaqt ajratilgan bo‘lishi lozim.
6-qadam. Sport mashg‘uloti. Kuch talab etiladigan yoki kardiomashqlar ham to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, press mashqi — qorinning ashaddiy dushmani.

Shuni unutmang, mashqlar uzoq va doimiy tarzda olib borilgandagina ijobiy samaraga erishish mumkin. Mashqlarni oshqozon to‘la payt emas, balki yengil ovqatlangandan so‘ng bajarish tavsiya etiladi. Press mashqlaridan keyin 2-3 soat o‘tib, yengil tamaddi qilish mumkin.

Press mashqidan so‘ng avvalgi holatga qaytib, 1 daqiqalik tanaffusdan keyin “velosiped” mashqi bajariladi.

Yerda yotgan holda oyoqlar divanga tashlanadi. Qo‘llarni oldimizda birlashtirib, gavdani ko‘tarib, peshanani tizzaga tekkizishga harakat qilamiz. Shundan so‘ng yana ilk holatga qaytamiz, ya’ni yana oyoqlar divanga tashlangan holda qo‘llarni bosh tagiga qo‘yamiz. So‘ng biroz tin olib, aylanma harakat bilan navbatma-navbat chap qo‘lning tirsagini o‘ng oyoqning tizzasiga tekkiziladigan mashq bajariladi.

Ushbu kompleks mashqlar avvaliga 10 marta, keyin bora-bora 20 martagacha bajariladi. Mashqlar oralig‘ida 30-60 soniya dam beriladi. Undan ortib ketsa, mushaklar bo‘shashib qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qorin qo‘yish «obro‘»mi?.. (yoxud o‘sha "obro‘"ni yo‘qotishning 7 usuli)