12:23 / 17.01.2019
5 392

"To‘ng‘iz yili" tavsiyalari: “Mezon” burji vakillari uchun (24 sentyabr – 21 oktyabr)

"To‘ng‘iz yili" tavsiyalari: “Mezon” burji vakillari uchun (24 sentyabr – 21 oktyabr)
Umumiy bashorat
2019 yil “To‘ng‘iz yili”da Mezon burjida tug‘ilganlarga yulduzlar yangi ijodiy qirralarini ochishni maslahat bermoqda. Agar siz, haqiqatan, qiziqarli ish bilan mashg‘ul bo‘lsangiz, imkoniyat­laringiz yanada kengayadi va daromadingizni ko‘paytirasiz.

“To‘ng‘iz yili”da o‘qish yoki malaka oshirishingiz mumkin. Ko‘pgina burj vakillari o‘zlariga notanish va yangi kasbni o‘zlashtiradilar. Bu bilan muvaffaqiyatlar sari yangi yo‘llar ochilishi mumkin. Yaqinlaringiz bilan munosabatlarda e’tiborliroq bo‘ling. Ishga berilib, ularni unutib qo‘ymang. Yulduzlar bu borada yaqinlar bilan birga bayram tadbirlari o‘tkazishni va tabiat qo‘ynida hordiq chiqarishni maslahat berishmoqda. Sog‘lig‘ingizga kelsak, “To‘ng‘iz yili”da kasalliklardan yiroqda bo‘lasiz. Ayniqsa, sport bilan muntazam shug‘ullanib tursangiz, chiniqtiruvchi muolajalarni bajarsangiz va to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga rioya qilsangiz nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. Kamroq achchiq kofe iching, tamaki mahsulotlari va spirtli ichimlik­lardan ham voz keching.

2019 yil taqdir kutilmagan uchrashuvlarini va’da qilmoqda. “To‘ng‘iz yili”da nafaqat sevimli insoningiz bilan, balki qalin do‘st bo‘la oladigan inson bilan ham tani­shishingiz mumkin.
Agar o‘z juftingizni topsangiz yil o‘rtalariga kelib to‘y harakatini boshlaysiz.

Bahor faslining boshida burj vakillari o‘z iqtidorlarini keng ommaga namoyish qilib, olqishlarga sazovor bo‘ladi. Oilaviy hayotda ham taqdir sizga kulib boqadi. Agar yaqinlaringiz bilan munosabatlaringizni yaxshilasangiz, ular sizni sovg‘alarga ko‘mib tashlashadi. Yangi maishiy texnika olish harakatida yurganlar uchun bu sovg‘alar ayni muddao bo‘ladi.

Moliyaviy ahvolingiz ham havas qilarli darajada bo‘ladi. Yoz boshidan kuzning oxirlariga qadar moddiy jihatdan qiynalmaysiz. “To‘ng‘iz yili”da katta pul yutug‘ini qo‘lga kiritishingiz mumkin. Yuqo­ri lavozimga tayinlanishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Daromadingizning ma’lum qismini xayr­li ishlarga sarflashni unutmang. “To‘ng‘iz yili” bu harakatlaringizdan quvonadi va sizni yil davomida qo‘llab-quvvatlaydi.

Yulduzlar atrofingizda yolg‘onchi va laganbardorlar berkinib yurganini, agar ular tuzog‘iga ilinib qolsangiz, sizni chuv tushirib ketishi mumkinligini aytib, ogohlantirishmoqda. Shunday ekan, sizga o‘zini do‘stdek tutadigan kishilarni sinchiklab o‘rganing va rejalaringizni har kimga ham aytavermang. Kuzda va qishning so‘nggida daromadingiz ortadi. Chunki yil davomida shunga mos harakat qildingiz. “To‘ng‘iz yili” sizningharakatchanligingizni yaxshi baholab rag‘batlantiradi. To‘plagan mablag‘laringizning bir qismiga yangi kiyim va taqinchoqlar olishingiz ham mumkin. Shuningdek, sizni ish va oilada qo‘llab-quvvatlaganlarga ham minnatdorchilik bildirib qo‘yishni unutmang.

ShAXSIY HAYoT
“To‘ng‘iz yili”da to‘g‘ri yo‘ldan boradilar va oilaviy tinchlik xotirjamlikka erishadilar.Yulduzlar “Mezon”larga uy-joylarini ko‘zdan kechirib, to‘liq ta’mirdan o‘tkazishni maslahat berishmoqda.

Ish bilan ovora bo‘lib, atrofdagilarni unutib qo‘ymang. Qarindoshlarni tez-tez yo‘qlab turing. Xonadoningizda kichik bayramlar tashkillashtirib, yaqinlaringizni taklif qiling. Bu oilaviy hayotingizni yanada qiziqarli qiladi.
Uy-joyini ko‘paytirish niyatida bo‘lgan “Me­zon”lar uzoq kutishlariga to‘g‘ri keladi. Yil so‘ng­gida kutilgan uyga ega bo‘ladilar.

Oila qurmaganlar uchun esa o‘z juftini topish biroz qiyinroq kechadi. Baxtingizni sabr va vazminlik bilan kutishga harakat qiling. Agar shaxsiy hayotingizda o‘zgarishlar sodir bo‘lmasa, qayg‘urmang. Qolib ketgan muammolarni hal etishga kirishing.

SALOMATLIK
2019 yilda “Mezon”lar o‘z salomat­lik­lariga befarq bo‘lmasliklari kerak. To‘g‘ri ovqatlanib, organizmni chiniqtirishlari lozim. Qishin-yozin vitaminga boy mahsulotlar dasturxoningiz bezagi bo‘lsin.

Agar badantarbiyani faqatgina bolalar qiladi, deb o‘ylasangiz, adashasiz. Siz uchun ham har kuni jismoniy mashqlarni bajarish foydali. Nonushtaga suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa, kontrast dush va kechqurun tinchlantiruvchi mashqlar bajarish shart.Yulduzlar 2019 yil kamroq asabiylashishni tavsiya qilishmoqda. Kuling – umringiz uzoq bo‘ladi. Bu so‘zlar 2019 yilda shioringizga aylanishi kerak.Vitamin jamlanmalarini ichish ham salomatligingizga yaxshi ta’sir qiladi.

Oshqozon va jigaringizni ham ehtiyot qiling. Agar ko‘pdan beri shifokor ko‘rigidan o‘tmagan bo‘lsangiz,“To‘ng‘iz yili”da zudlik bilan ushbu ishni amalga oshiring.

KARERA
2019 yilda o‘z ish faoliyatingizni qizg‘in olib borasiz. Moliyaviy ahvolni yaxshilashga harakat qiling.Yangi loyihalar ustida bosh qotirishga va yangicha yondashuvda ishlashga harakat qiling.

Sizga ish yuritishda tajribali va e’tiborli kishilar yordam beradi. Agar yuqori lavozimga ko‘tarilish istagida bo‘lsangiz o‘qib izlanishdan qochmang. Qancha ko‘p mehnat qilsangiz, daromadingiz ham shuncha ko‘p bo‘ladi.Mablag‘ingizni foyda beradigan ishga sarflang. Tavakkalga asoslangan tadbirlardan qoching. Ba’zi burj vakillarini foydali xizmat safarlari, serdaromad ish (chet elda) va shaxsiy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish kutmoqda. Eng asosiysi, o‘zgarishlardan cho‘chimang. Sodir bo‘lajak barcha o‘zgarishlar kasbiy mahoratingizning oshishiga ko‘mak beradi.

Yil so‘ngida yutuqli chiptani qo‘lga kiritasiz va katta miqdordagi pul yutug‘iga ega bo‘lasiz. Shuningdek, dekabr oyida ozgina tanaffus qilib, dam olishga ham vaqt ajrating. Toliqib qolish salomatlikka zarar yetkazishi mumkin.

AYoL "MEZON"LAR
Ayollar tabiatan aqlli, mantiqan fikr yuritadigan, latofatli va ta’sirchan bo‘ladilar. Agar ular nimanidir xohlasalar, albatta, shunga erishadi.Sevgi qissalari xuddi ertaklardagidek tus oladi. 2019 yil ayol “Mezon”lar uchun sermahsul o‘tadi. Kimlardir ularni ko‘ngli nozik, yumshoq xislatli, deb bilsa, boshqalar intiluvchan va talabchan kishi sifatida ko‘radilar. Ular barcha chiroyli, nozik va bashang narsalarni xush ko‘radilar. Ayol “Mezon”larning erkaklar orasida do‘stlari ko‘p.

Agar 2019 yilda nafaqat atrofdagilarga, balki vaziyatga ham qarab ish tutsangiz omad kulib boqishi aniq. Ijodkor “To‘ng‘iz yili”da katta muvaffaqiyatlarga erishadi. Agar yanvar oyidan yozga qadar o‘z hissiyotlaringizni nazorat qila olsangiz va “rahmat”, “kechiring” kabi so‘zlarni unutmasangiz, ishda ham yuqori marralar sizniki bo‘ladi. Faqatgina 2019 yilda juda ko‘p ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi.Anchadan beri o‘ylab yurgan rejalaringizni amalga tatbiq etish vaqti keldi. Mana ko‘rasiz, yil oxirida natijalar sizni quvontiradi.

“To‘ng‘iz yili”da o‘qib, izlanishga va malaka oshirishga harakat qiling. Ana shunda yozga kelib moddiy ahvolingiz yaxshilanadi. Yilning ikkinchi yarmidahayotingiz tubdan o‘zgaradi. Ba’zi ayol “Mezon”lar turmushga chiqishi mumkin.

ERKAK "MEZON"LAR
Erkak “Mezon”larning ishonchli do‘stlari ko‘p.Chunki ularning o‘zlari ham tabiatanchiqishuvchan va ko‘ngilchandirlar. Sevgida ham samimiy va sodiq kishilar sirasiga kiradilar. Yolg‘izlik ularni kuchli ruhiy zo‘riqishga olib kelishi mumkin. Atrofdagilarning gapiga quloq tutmasdan, dangasalikdan qochib ish ko‘ring. 2019 yil ular uchun omadli kechadi. Atrofingizdagi kishilarga sergakroq bo‘ling. Ular orasida hasadgo‘ylari bo‘lishi mumkin. Faqat o‘zingiz yaxshi bilganlar bilan ish yuriting.

2019 yil oshqozon-ichak hamda jigarda muammolar yuzaga keladi. O‘z vaqtida davolanilsa, kasalliklar ortda qoladi.

Yulduzlar oilangizdagilar — farzandlar bilan ko‘proq muloqot qilib turishni maslahat berishmoqda. Jizzakilik qilmay, turmush o‘rtog‘ingizga yon bossangiz, oilaviy mojarolarni chetlab o‘tgan bo‘lasiz. Bo‘ydoq “Mezon”lar 2019 yil to‘y haqida jiddiy o‘ylashga kirishing. Atrofdagilarga sinchkovlik bilan boqib, ular orasidan o‘z juftingizni izlang. Biroq keyinchalik afsuslanib qolmaslik uchun qarorda shoshilmang.
Agar yuqoridagilarni inobatga olsangiz, yil davomida o‘zingizni qoyilmaqom his qilasiz va hayotingiz yorqin xotiralarga boy bo‘ladi.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "To‘ng‘iz yili" tavsiyalari: “Mezon” burji vakillari uchun (24 sentyabr – 21 oktyabr)