10:36 / 18.01.2019
9 869

Tirnoqqa qarab, tashxis qo‘yamiz...

Tirnoqqa qarab, tashxis qo‘yamiz...
Har bir barmog‘imiz ma’lum bir ichki a’zo bilan bevosita bog‘langan. Masalan, bosh barmoq — miya, ko‘rsatkich barmoq — o‘pka, o‘rta barmoq — ingichka ichak, nomsiz barmoq — yurak, kichik barmog‘imiz esa buyrak bilan aloqador. Ularning bu bog‘lanishi oqibatida a’zolardagi turli salbiy o‘zgarishlar tirnoqlarda ham aks etadi.
•Sarg‘ish-jigarrang tusdagi tirnoq — zamburug‘li kasalliklardan, psoriaz, dermatoz, gepatit bilan og‘rish oqibati, chekish va antibiotiklarni ko‘p qabul qilinganidan dalolat.
•Tirnoqdagi bo‘ylama chiziqlar ovqatni yaxshi hazm qilmaslik, ovqatlanish tartibiga rioya etmaslik, boshlang‘ich revmatizm va tishlardagi muammolardan darak beradi.
•Tirnoqdagi ko‘ndalang chiziqlar buyrak, jigar, oshqozon-ichaklar faoliyatidagi buzilishlar natijasida paydo bo‘ladi.
•Yurak va o‘pkada kasalliklar bo‘lsa, tirnoqlar haddan ortiq qavarib, bo‘rtib chiqadi.
•Botiq tirnoq esa organizmda temir moddasi kamligidan yuzaga keladi.
•Tirnoqning rangsizligi, xiraligiga qamqonlik sabab bo‘ladi.
•Tirnoqlar ostidagi terining qizarib ketishi qon bosimi oshganida kuzatiladi.
• Ko‘kish tusdagi tirnoqlar egasining yuragi nimjon bo‘lishi mumkin.
•Tirnoq ustidagi oq dog‘lar organizmda rux moddasi kamligidan yuzaga keladi, aynan shu modda tirnoqlar mustahkam bo‘lishiga javob beradi.
• Tirnoq o‘sib chiqadigan joydagi yarim oy shakli katta bo‘lsa taxikardiya, umuman bo‘lmasligi yurak nevrozi natijasi hisoblanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tirnoqqa qarab, tashxis qo‘yamiz...