Sakkiz yil avval, xuddi shu kuni osmonda bir yulduz porlagandek bo‘lgandi. Ko‘nglim bir entikkan edi o‘shanda. Kunduzi soat 12 da sen tug‘ilganding dilbandim. Butun dunyo, har bir jonzot, qumursqalardan tortib insonlargacha, giyohlardan tortib, ishkomdagi uzumlargacha ko‘zimga boshqacha ko‘rina boshlagandi. Bir lahzada olam o‘zgargan, go‘yo. Sening fitratingda men qayta tug‘ilgandim, jonim bolam!
Dadang bilan seni yeru ko‘kka ishonmay o‘stiryapmiz. Qiqirlab, zavqlanib kulishlaring qalbimizni, uyimizni quvonchga to‘ldirardi.
Ko‘p o‘tmay emaklading, tishlaring chiqdi, yurding, «Dada» «Oyi», deding... Tiling biram shirin bo‘ldi. Zehning o‘tkirligidan hayratlanaman, quvonaman. Dadang ikkimizning hayotimiz mazmuni, ovunchog‘imizsan. Senga qarab ko‘nglimiz tog‘day o‘sadi, dilimiz quvonchga to‘ladi.
Bugun sakkiz yoshga to‘lasan, jonim bolam! Atirgulim! Allohim seni yomon ko‘zdan asrasin! Bizga kamolingni, baxtu iqbolingni ko‘rish nasib etsin!
Senga yozayotgan nomalarim mazmunini qachon tushunshingni bilmayman! Biroq, yozmasam bo‘lmaydi, senga insoniylik va ayollik, yaxshi farzand bo‘lish sabog‘ini berish onalik burchimdir! Ushbu nomalarim senga ibrat, o‘git bo‘ladi, insha Alloh.
Qizi bor uyning fayzi bor deyishadi, nuroniy onaxonlar. Eng avvalo pokiza bo‘l! Kiyimlaring, jismu joning, yashash joying hamisha ozoda bo‘lsin. Ovqatlanib bo‘lgach, idish-tovoqlarni darrov yig‘ishtirib yuvib qo‘y. Tozalik bor joyda xastalik, bemorlik bo‘lmaydi. Bunday joyga faqat baraka kiradi. Pokizalik – iymondan, jonim qizim.
Toza kiyimlarga kirlanganlarini aralashtirib taxlama. Shunda ular uzoq vaqt yangidek turadi. Ko‘chaga, duch kelgan joyga axlat tashlama. Maxsus qutilarga sol. Uyni, hovlini doim toza tut. Ko‘rganning ko‘zi quvonsin.
Ko‘zimning nuri, hozircha shu o‘gitlarimni bajar. Qolganini kelgusi nomamda bayon etaman, insha Alloh!
Davomi bor...
Saida IBODINOVA
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»