20:27 / 04.02.2019
10 772

Pardoz yoshga yosh qo‘shmasin desangiz 5 qoidaga amal qiling

Pardoz yoshga yosh qo‘shmasin desangiz 5 qoidaga amal qiling
Bo‘y qizlar yanada go‘zal bo‘lish uchun pardoz qilsa, 35-40 yoshdagi ayollarning upa-elik surtishdan maqsadi yoshroq ko‘rinishdir. Lekin bunda natija aksincha bo‘lmasligi uchun pardoz qoidalariga amal qilish lozimligini unutmaslik kerak.

1. Kremni to‘g‘ri tanlang!
35 yoshdan oshgach, husnbuzarlarni berkitmaysiz, ammo ajinlarni ko‘zdan panalatish kerak bo‘ladi. Shuning uchun quyuqroq VV va SS-kremlarga e’tibor bering. Ular ajinlarni berkitish bilan birga, terini namlantirib, oziqlantiradi.

2. Upadan voz keching!
Yosh o‘tgach, teri yog‘lanishi kamayadi. Agar teringiz yog‘li bo‘lmasa, upadan voz kechganingiz ma’qul.

3. Qancha kam bo‘lsa, shuncha yaxshi
Yuzingizda kosmetik vositalar qancha kam bo‘lsa, shuncha yoshroq ko‘rinasiz. Masalan, lab bo‘yog‘idan foydalansangiz, ko‘zlarni kamroq bo‘yang. Yoki aksincha.

4. Qoshlar
Qoshlar alohida e’tiborni talab qiladi. Ammo bu «tatuaj» yoki «rastushovka» qiling, degani emas. Shunchaki asl qosh rangiga mos qalam bilan ozroq rang berish lozim.

5. Pomada rangida adashmang
Lablarni to‘q qizil, siyohrang, jigarrang va boshqa bo‘g‘iq yoki yorqin rang bilan bo‘yamang. Pomada lablarning tabiiy rangidan 1-2 tusga to‘qroq bo‘lgani ma’qul.

Unutmang, yuzingizdagi qalin pardoz emas, undan foydalanish mahoratingiz sizni yoshartiradi.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Pardoz yoshga yosh qo‘shmasin desangiz 5 qoidaga amal qiling