08:28 / 06.02.2019
8 057

Televizor ko‘rishning o‘limga olib keluvchi xavfi aniqlandi

Televizor ko‘rishning o‘limga olib keluvchi xavfi aniqlandi
Foto: Flickr
Bir guruh xalqaro olimlar uzoq vaqt, ayniqsa televizor qarshisida o‘tiradigan yoshlarda ichak saratoni xavfi oshishini aniqladi. Bu haqda Daryo xabar berdi.

Mutaxassislar Nurses’ Health Study II tadqiqoti davomida 89 278 nafar ayolning ma’lumotlarini o‘rganib chiqqan. Ular tadqiqot ishtirokchilari qancha vaqtini o‘tirgan holda o‘tkazishini hisoblagan.

20 yil davom etgan tadqiqot natijalari kolorektal saraton asosan yoshlikda bo‘lishini ko‘rsatgan. Shuningdek, bir kunda bir soatdan ortiq televizor ko‘rish saraton kasalligi xavfini 12 foizga oshiradi, ikki soatdan ortiq bo‘lsa, kasallik xavfi 70 foizga oshadi.

Ushbu ko‘rsatkichlarga tana og‘irligi va jismoniy mashqlarning ahamiyati yo‘q. Bu esa kamharakatlilik saratonni keltirib chiqaruvchi alohida omil ekanini ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Televizor ko‘rishning o‘limga olib keluvchi xavfi aniqlandi