07:04 / 20.02.2019
7 755

Yurak kasalliklari xavfini kamaytiruvchi foydali mahsulot qaysi?

Yurak kasalliklari xavfini kamaytiruvchi foydali mahsulot qaysi?
American Heart Journal jurnalida shokoladning yurak salomatligini mustahkamlashdagi foydasi haqida maqola e’lon qilindi.
Nashrda qator tadqiqotlar davomida olingan ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra, shokolad iste’mol qilish turli yurak kasalliklari bilan bog‘liq xatarlarni kamaytirar ekan.

Xususan, olimlarning ta’kidlashicha, haftasiga 28 gramm shokolad tanovul qilish yurak yetishmovchiligi rivojlanish xavfini 18 foizga pasaytiradi. Ratsionda shokoladning doim mavjudligi tebranma aritmiya(yurakning nomuntazam urishi) paydo bo‘lish xatarini kamaytirishi aniqlangan.

“Haftasiga 2 tadan 6 tagacha shokolad yegan odamlarning tebranma aritmiyaga chalinish ehtimoli oyida bir martadan kam shunday shirinlik iste’mol qilganlarga nisbatan 20 foiz past”, - deya qayd etishga mutaxassislar.

Ekspertlarning aytishicha, bu yerda gap kakao bilan to‘yintirilgan(kamida 70 foiz) shokolad haqida ketyapti. Bunday mahsulot kakaoning ziddi zahar (antioksidant) xususiyati va tarkibida katta miqdorda magniy borligi tufayli qon tomirlari funksiyalarini yaxshilaydi, qolaversa, shamollashni ozaytiradi va immun tizimiga trombotsit(qonning ivib qolishidan hosil bo‘ladigan tiqin) paydo bo‘lishini nazorat qilishga yordam beradi.

Shokoladning ushbu xususiyati organizmdagi shamollash jarayonlarini pasaytiradi. Shunday ekan u gipertoniklar uchun ham o‘ta foydalidir. Yuqori darajadagi kakaodan tarkib topgan shokolad iste’moli qandli diabet rivojlanish xavfini ham 20 foizga qisqartiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yurak kasalliklari xavfini kamaytiruvchi foydali mahsulot qaysi?