09:30 / 20.02.2019
7 117

Bu yerga muzlatgich ham olib kel, bolam...

Bu yerga muzlatgich ham olib kel, bolam...
Otasining o‘limidan so‘ng, ona butun umrini o‘g‘li uchun bag‘ishladi. O‘g‘li ulg‘aygach uylandi, yillar o‘tib farzandlik bo‘ldi. Ona shu yerda ham farzandini o‘yladi va o‘zini qariyalar uyiga berishni o‘g‘lidan so‘radi. O‘g‘il onasini qariyalar uyiga berdi, lekin har kuni uni holidan xabar olib turdi. Kunlardan bir kun, qariyalar uyidan qo‘ng‘iroq bo‘ldi va onaning ahvoli og‘irlashgani, o‘lim holatida ekanligi xaqidagi xabarni aytishdi. O‘g‘il shoshilinch qariyalar uyga keldi va onasidan so‘nggi vasiyatini so‘radi. Shunda ona quyidagicha javob berdi:

- O‘g‘lim, shu xonaga konditsioner o‘rnatishingni, anavi burchakka muzlatgich olishingni istayman. Onaning so‘nggi istagidan hayron bo‘lgan o‘g‘il, xo‘p dedi-yu, istak sababini so‘radi. Ona javob berdi: - O‘g‘lim, bu yer juda issiq, men issiqqa chidab yashadim, ammo sen qarib, bu yerga kelsang issiqqa chiday olmaysan, sen uchun konditsioner albatta kerak. Muzlatgichga kelsak, odam qarisa kam-kam, lek kun davomida tanovvul qiladigan bo‘lib qolar ekan, men “Qariyalar uyi” bergan ovqatlarni barini yeya olmasdim, muzlatgich bo‘lmagani sabablik ular aynib qolar, qornim ochiqqanda och qolar edim. Men-ku ochlikka chidab yashadim, ammo sen ochlikka chiday olmaysan, shu sabab muzlatgich olishingni so‘radim...

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bu yerga muzlatgich ham olib kel, bolam...