13:21 / 23.02.2019
17 122

Zaytun - shifo, go‘zallik va quvvat manbai

Zaytun - shifo, go‘zallik va quvvat manbai
Zaytun mevasi va undan olinadigan yog‘ haqida eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Buni qarangki, zaytun mevasida, to‘g‘rirog‘i, zaytun yog‘ida inson salomatligi va uzoq umr ko‘rishiga sabab bo‘luvchi foydali xususiyatlar ko‘p ekan. Keling, bugun zaytun mevasi va yog‘i bilan yanada yaqindan «tanishamiz».

Tarixi
Zaytun mevasining madaniylashtirilishini kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk qadamlari deb e’tirof etish mumkin. Qadimshunoslarning ta’kidlashicha, zaytun miloddan avvalgi 3000 yillarda Krit orolida o‘stirila boshlangan.
Zaytun ko‘p yillar davomida Minoy podshohligining asosiy daromad manbasi bo‘lib kelgan. Keyinchalik esa finikiyalik dengizchilar zaytunni O‘rtayer dengiz qirg‘oqlari bo‘ylab tarqatib yuborganlar.
Ko‘chmanchi qabila vakillari Amerikaga uzum bilan birga zaytunni ham olib ketishgan. Zaytun nafaqat ozuqa sifatida balki diniy marosimlarda ham ishlatilgan.

Bugun…
Kaliforniya O‘rta dengizdan tashqaridagi asosiy zaytun yetkazib beruvchilar sirasiga kiradi (ammo Kaliforniya zaytuni sifati unchalik yaxshi emas, degan fikrlar ham yo‘q emas). Zaytun o‘stirish uchun ajratilgan yerlarning deyarli 98 foizi O‘rtayer Dengizi xududida joylashgan. O‘rta hisobda Yevropada 500 mln.ga yaqin zaytun daraxtlari mavjud.

Ajabo…
Zaytun daraxtining o‘rtacha umri 500 yilni tashkil etadi, ayrimlarining umr davomiyligi esa 1500 yilni tashkil etadi. Iyerusalimdagi Zaytun (Yeleon) tog‘idagi zaytun daraxtlarining o‘rtacha yoshi taxminan 2000 yil degan fikrlar mavjud.

Mevasi
Yashil va qora zaytun orasidagi birgina farq ularning yetilganligidadir. Ya’ni pishib yetilgan zaytun mevalari qora rangda bo‘ladi.
Zaytun mevasi martda gullab, noyabr oyida yig‘ishtirib olinadi. Zaytun hosilining 90 foizi yog‘ ishlab chiqarish uchun mo‘ljallaniladi.

Qanday iste’mol qilinadi?
Yangi terilgan zaytun mevasini iste’mol qilib bo‘lmaydi, chunki ular juda achchiq bo‘ladi. Zaytunni iste’mol qilish uchun ishqorlash va yoki dengiz tuzida yoki tuzli suvda konservalash kerak bo‘ladi. Bu amal meditsinada keng qo‘llanadigan oleuropein (qon bosimini tushirish uchun) moddasini chiqarib yuborish uchun qilinadi. Bu modda zaytun mevasida va barglarida mavjud bo‘ladi.

Qayta ishlash jarayoni
Yog‘ ishlab chiqarish uchun yetishtirilgan zaytun mevalari uzilgan zahoti bosuvchi moslamaga jo‘natiladi. Shuningdek zaytun yog‘i – maxsus ishlovsiz iste’mol qilsa bo‘ladigan yagona yog‘ turi hisoblanadi.

Zaytun mevasi turli xil yo‘llar bilan qayta ishlov beriladi. Gretsiyada zaytun mevalari ishqorlanmay, 6-12 oyga tuzlanadi. Bu holatda zaytun mevalari juda totli ta’mga ega bo‘lar ekan. Ispaniyada yashil zaytun mevalari pishib yetilishidan avval teriladi va ishqorlanib, fermentatsiya uchun namakobga solib qo‘yiladi.

Zaytunning foydali xususiyatlari
Zaytun yog‘i ko‘p kasalliklarning oldini olishda va ularga davo sifatida ishlatiladi. Zaytun yog‘i antioksidantlar, vitamin va minerallar bilan boyitilganligi uchun mushak to‘qimalarini hamda ichak devorlarining mustahkamlanishiga yordam beradi.

Tarkibiga linol, olein va linolen kabi to‘yinmagan yog‘ kislotalari kiradi. Ular lipidlarning peroksidlanish jarayoniga, semizlikka to‘sqinlik qiladi. Inson organizmini yoshartirishga va ovqat hazm qilish faoliyatini yaxshilanishiga yordam beradi. Yurak-qon tomir kasalliklarining paydo bo‘lishini oldini oladi.

Eng muhimi:
* Miya arteriyasini sog‘lomlashtiradi.
* Boshqa o‘simlik yog‘lariga nisbatan inson organizmida yengil o‘zlashtiriladi. Har xil qon guruhlariga mansub insonlarga birdek mos keladigan, foydali yagona yog‘ hisoblanadi.
* Doimiy iste’mol qilishlik surunkali gipertoniyada qon bosimini me’yorlashtiradi.
* Yurak qon-tomir kasalliklarining oldini oladigan eng yaxshi vosita.
* Insulinning qarshi kurashishini kuchaytiradi va uning faoliyatini me’yorlashtiradi. Qondagi qand miqdorini me’yorlashtiradi.
* Shamollashda, me’da va ichak kasalliklarini davolashda, hamda ekzema, kon’yuktivitda va bosh og‘rig‘ida ishlatilsa yaxshi natijaga erishiladi.
* Ovqat hazm qilish tizimini yaxshilashda yordam beradi. Oshqozon, ichak va jigar faoliyatini yaxshilaydi.
* Dermatit va teri qurishiga qarshi ajoyib vosita. Ajin paydo bo‘lishini oldini oladi va ularni tekislaydi. Terini silliqlab, tarangligini oshiradi.

Zaytun yog‘i issiq yoki sovuq ovqatlarda, qanday holatda iste’mol qilinishidan qat’iy nazar, oshqozon shirasi kislotasini pasaytiradi hamda oshqozonda gastrit va yara paydo bo‘lishini oldini oladi. O‘t qopini sog‘lom ishlashiga yordam beradi. O‘t chiqarish faoliyatini me’yorlashtiradi va o‘t qopidagi toshlarni paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi. Tarkibida xlor borligi sababli- ichak faoliyatini sog‘lomlashtiradi.

Saraton kasalligining oldini oladi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga binoan, hech bo‘lmaganda bir kunda bir marotaba zaytun yog‘ini iste’mol qilgan ayollarda ko‘krak bezi saratoni bilan kasallanish xavfi uch barorbar kamayadi. Tekshiruvlar dalolat qilishicha, ko‘krak bezi saratoniga chalingan ayollar zaytun yog‘ini iste’mol qilishganida har uchdan birida xastalikka sabab bo‘ladigan HER-2/neu ankogenini to‘sib qo‘yishi aniqlandi. Zaytun yog‘i har xil yomon ta’sirli o‘simtalarga qarshi muhim, kuchli qurol hisoblanadi hamda ichak, sut bezlari va prostatadagi onkologik o‘simtalarga qarshi kurashuvchi samarali vositadir.

“Ye” vitaminiga boy
Inson organizmini charchatadigan, hujayralarini buzadigan viruslar bilan kurashishda “Ye” vitamini tabiiy ittifoqdosh bo‘la oladi. Ma’lumki, “Ye” vitamini go‘zallik manbai deya e’tirof etiladi. Demak, hamisha yosh va go‘zal bo‘lishni istaydigan xonimlar uchun zaytun yog‘i beminnat yordamchi hisoblanadi.

Organizmga 100 % singadi
Ayniqsa, keksa yoshdagi insonlarga va o‘sayotgan bolalarga tavsiya etiladi. Chunki zaytun yog‘i juda tez hazm bo‘ladi va organizmda ko‘pgina vitamin va minerallarning faollashuviga yordam beradi. Mineral moddalarining suyak to‘qimalarida joylashib qolishida yordam beradi. Kalsiy moddasini yo‘qolishiga to‘sqinlik qiladi.

Yog‘ kislotalarining miqdori jihatidan zaytun yog‘i ona sutiga yaqin turadi. Zaytun yog‘i homiladorlik vaqtida va emizikli ayollarga tavsiya etiladigan yagona yog‘ hisoblanadi. Chunki zaytun yog‘i tarkibidagi yog‘ kislotalari homila miyasi va asab tizimining shakllanishida ijbiy ta’sir etadi. Muntazam iste’mol qilish kutilgan samarani beradi. Och qoringa, ovqatdan yarim soat oldin yoki 2 soat keyin, kuniga 2-3 mahal ichish tavsiya etiladi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Zaytun - shifo, go‘zallik va quvvat manbai