12:50 / 04.03.2019
5 274

Saraton rivojlanishiga qarshi samarali boʻlgan mahsulot

Saraton rivojlanishiga qarshi samarali boʻlgan mahsulot
Tafts Universiteti (AQSH) olimlari aniqlashicha, pomidor tarkibidagi likopin karotinoidli pigmenti jigarning yogʻ bosish (yogʻ gepatozi) kasalligi, saraton va yalligʻlanishning rivojlanish xavfini kamaytiradi. Bu haqda MedicalXpressʻga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Tadqiqot davomida yangi tugʻilgan sichqonlar organizmiga jigarda salbiy oʻsimtalar shakllanishiga turtki beruvchi kanserogen kiritildi. Shundan soʻng, kemiruvchilar yuqori yogʻli ovqatlar bilan oziqlantirildi. Shu bilan birga, hayvonlar guruhlaridan biri qoʻshimcha ravishda pomidor kukunini ham olgan.

Maʼlum boʻlishicha, likopin foydali mikroflora soni va turlarini koʻpaytiradi, bu esa yalligʻlanishni chaqiruvchi baʼzi bakteriyalar haddan tashqari oʻsishiga toʻsqinlik qilgan. Bu holda jigarning yogʻ bosishi va saraton kasalligi ehtimoli pasaygan, bunga nosogʻlom parhez turtki berdi.

Bundan tashqari, olimlarning koʻrsatishicha, pomidor kukuni alohida likopinga qaraganda ancha samarali boʻlgan. Bu vitamin Ye, vitamin S, folatlar, minerallar, fenol birikmalar kabi boshqa foydali birikmalar pomidorda mavjud ekani bilan izohlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Saraton rivojlanishiga qarshi samarali boʻlgan mahsulot