16:04 / 13.03.2019
7 107

Odam oʻz hayotini bekorga sarflayotganining 8 belgisi

Odam oʻz hayotini bekorga sarflayotganining 8 belgisi
Vaqtingizni qanday oʻtkazasiz? Oʻzingizda mavjud boʻlgan kunlarni qadrlaysizmi? Oʻzlari bilmagan holda vaqtlarini bekorga sarflayotgan kishilarga xos ayrim belgilar quyidagilardan iborat.

Umid qilamizki, bu fikr siz haqingizda emas: “Maqsadsiz oʻtkazilgan yillar maqsad belgilab olgan maʼqul ekanini koʻrsatdi”.
Vaqtini bekorga ketkazadiganlarni ajratib turuvchi jihatlar nimalardan iborat?

Noliydilar
Bunday kishilar hayotidagi barcha narsadan nolishadi. Bunga atrofdagi kishilar, hukumat yoki osmondagi yulduzlarni aybdor qilib koʻrsatishadi. Istalgan kishi, faqat oʻzlari emas. Aslida barchasiga ularning oʻzi aybdor. Hayotda yuz bergan voqea emas, unga bildirilgan munosabat muhimroq. Noliydigan kishi emas, hayotini oʻz qoʻllari bilan yaratuvchi inson boʻling.

Hayotlarini zerikarli koʻrinishga keltirishadi
Uy – ish – ovqat pishirish – uy tozalash – uyqu. Boshi va oxiri yoʻq aylana boʻylab yurishadi. Miyaga bir xil shablonlar bilan ishlash oson. Shu yoʻl bilan u quvvatni tejaydi va siz uchun jon saqlashni taʼminlashga harakat qiladi. Biroq bu fikrlash uchun qopqondir. Agar doimiy ravishda bir xil ishlar bajarilsa, hayot zerikarli boʻladi. Biroq bu aylanani mustaqil uzish va hayotni oʻzgartirish mumkin. Kichik narsalardan boshlash mumkin, yangi yoʻldan yurish, qiziqarli joylarga borish, ilgari qilmagan ishlarni bajarish.

Kelajak uchun rejalari yoʻq
Buyuk kishilar oʻz oldilariga buyuk maqsadlarni qoʻyadilar. Hayotda biror nimaga erishishni oʻylamasangiz, hech nima olmaslik ehtimoliga duch kelasiz. Qayerga qarab harakatlanayotganingizni bilish uchun rejalar tuzish foydali.

Uyqu va hordiq rejimi yoʻq
Koʻpchilik muvaffaqiyatli kishilar oʻzlarida ish va hordiq rejimi mavjud ekanini aytishadi. Odatda ular erta uxlab, erta turishadi. Masalan, Koko Shanel yaxshi uyquni qadrlagan. Charchagan holatda biror yaxshi narsa yaratish mumkin emas deb hisoblagan.

Salomatliklariga eʼtibor berishmaydi
Tanamiz bizga umr boʻyi xizmat qiladi. U haqida qaygʻurish va uning yaxshi holatda boʻlishi uchun harakat qilish lozim. Oʻz salomatligiga beeʼtibor boʻlgan kishilar keyinchalik buning evaziga juda katta haq toʻlashadi.

Aqllarini mashq qildirishmaydi
Aqlimiz doimiy ravishda yangi maʼlumot va bilimlar koʻrinishidagi ozuqaga muhtoj. Katta yoshdagi ayrim kishilar yangi narsalarni oʻrganmay qoʻyishadi. Aql ravshanligini doimiy ravishda mashq qildirish va charxlash lozim.

Biror narsa bilan vaqtni oʻldirish uchungina shugʻullanishadi
Bunday kishilarning dam olish vaqti bekorchi mashgʻulotlar bilan toʻlgan. Masalan, yangiliklar lentasini varaqlash yoki telefonda soatlab suhbatlashish kabi. Bir necha qiziqarli postlarni oʻqish, haqiqatan ham qiziqarli boʻlgan biror narsa haqida maʼlumot olishning yomon tomoni yoʻq. Biroq bunga bir necha soatni sarflash shartmikan? Bu rivojlanishga yordam beradimi yoki hayotingizni biror qiziqarli narsa bilan toʻldiradimi? Vaqtni behuda sarflash zararli. Uni qadrlashni oʻrganish kerak. Ana oʻshanda hayotingiz yaxshi tomonga oʻzgaradi.

Biror narsani oʻzgartirishdan choʻchiydilar
Yangi va nomaʼlum narsalardan qoʻrqish – organizmning normal himoya reaksiyasi. Qoʻrquvni yengishni oʻrganish lozim. Agar hayotingizda biror nimani oʻzgartirish kerakligini tushungan boʻlsangiz, hozir buning ayni vaqti. Oʻzingiz istagan insonga aylanish uchun hech qachon kech emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Odam oʻz hayotini bekorga sarflayotganining 8 belgisi