06:53 / 16.03.2019
4 521

Odatlarimizni oʻzgartirmasak...

Odatlarimizni oʻzgartirmasak...
Chaqaloqqa ulgʻaygunigacha yetadigan sarpo.
Kuyovga sarpo ichki kiyimigacha bir necha yilga yetishi kerak.
Yangi kelin-kuyovga 40 kun ovqat yuborish kerak (vodiy tomonlarda).
Marhum chiqqan uyda uch kungacha ovqat, ayniqsa, tuxum yeb boʻlmaydi.
Kelin taraf kuyov tarafning uyini jihozlashi shart.
Toʻylarimiz latta-putta boʻlmasa oʻtmaydi.

Xullas kalom, bunday bemaʼni va turishi isrofgarchilikka asoslangan odatlarimiz qanchaligini uzoq sanash mumkin. Toʻylardan, ziyofatlardan ancha-muncha ortgan oziq-ovqatlarni axlatga tashlamasdan beva-bechoralarga harajat qilib berilsa, qancha odamning ogʻiri yengil boʻladi, ham savob koʻpayadi. Ammo biz oʻylab koʻrmaymiz. Xuddi robotdek endi tugʻilgan qizaloqqa sep yigʻamiz, turmushga chiqib homilador boʻlgach, avtomatlashtirilgan robotdek chaqaloqqa sep yigʻamiz. Isrofdan, kimoʻzarlikdan qoʻrqmaymiz. Sadaqa qilsak, 1000 soʻmni koʻp koʻramiz, chaqaloqqa 100 dollarlik oʻyinchoqni qarz koʻtarib olamiz. Nega aqlimiz bola tugʻilganidanoq, dinini tanitishga, tili chiqqach, kalimai shahodatni yodlatishga, hech boʻlmasa kichik suralarni oʻrgatishga, isrofsiz yashashga undashga kelganida ishlamay qoladi? Nega omonat umrimizni faqat mol-dunyo topishu, mol-dunyoni behuda isrof qilishga sarflaymiz? Axir hammasining hisob-kitobi borligini yaxshi bilamiz-ku!

Jarir ibn Abdulloh Bajaliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Kim Islomda goʻzal bir odat paydo qilsa va undan keyin oʻsha bir odatga amal qilinsa, unga oʻshanga amal qilganlar ajriga oʻxshash ajr, ularning ajridan biror narsa noqis qilinmagan holda yozilib turadi. Kim Islomda bir yomon odat paydo qilsa va undan keyin oʻsha odatga amal qilinsa, unga oʻsha amal qilganlar gunohiga oʻxshash gunoh, ularning gunohlaridan biror narsa noqis qilinmagan holda yozilib turadi” (Imom Muslim rivoyati).
Saida Rustam qizi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Odatlarimizni oʻzgartirmasak...