18:08 / 16.03.2019
6 356

Qovurilgan tuxum yurak uchun xavfli boʻlishi mumkin ekani aniqlandi

Qovurilgan tuxum yurak uchun xavfli boʻlishi mumkin ekani aniqlandi
Qovurilgan tuxum yurak uchun xavfli boʻlishi mumkin, deb yozmoqda Kun.uz nashri The New York Times gazetasiga tayanib.

Qayd etilishicha, baʼzi ekspertlar xolesterin miqdori koʻp boʻlishiga qaramay, bu taom organizmga zarar yetkazmaydi, deb hisoblaydi. Boshqa mutaxassislarning bildirishicha, qovurilgan tuxum organizm uchun zararlidir. Yangi tadqiqotning koʻrsatishicha, ham u ekspertlar, ham bu mutaxassislar haq boʻlishi mumkin, deb yozadi gazeta.

Ilmiy eksperimentda 30 ming kishi ishtirok etdi, oʻrtacha kuzatish davri 17 yilni tashkil qildi. Uning koʻrsatishicha, kundalik ratsiondagi qoʻshimcha har 300 mg xolesterin yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 17 foizga, erta oʻlim xavfini esa - 18 foizga oshiradi.

Shu tariqa, inson qancha koʻp qovurilgan tuxum isteʼmol qilsa, uning organizmi uchun xavf shuncha yuqori boʻladi, deya taʼkidlaydi nashr.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qovurilgan tuxum yurak uchun xavfli boʻlishi mumkin ekani aniqlandi