07:38 / 21.03.2019
5 556

Haddan tashqari miqdorda gazli va shirin ichimliklar ichish yurak va qon-tomir kasalliklari hamda saratondan erta oʻlish ehtimolini sezilarli ravishda oshiradi. Bu haqda Circulation jurnali xabar [url=https://sof.uz/news/show/20444-gazli-ichimliklar

Haddan tashqari miqdorda gazli va shirin ichimliklar ichish yurak va qon-tomir kasalliklari hamda saratondan erta oʻlish ehtimolini sezilarli ravishda oshiradi. Bu haqda Circulation jurnali xabar [url=https://sof.uz/news/show/20444-gazli-ichimliklar
Haddan tashqari miqdorda gazli va shirin ichimliklar ichish yurak va qon-tomir kasalliklari hamda saratondan erta oʻlish ehtimolini sezilarli ravishda oshiradi. Bu haqda Circulation jurnali xabar bermoqda.

“Kuzatuvlarimiz sayyoraning barcha aholisi umrni uzaytirish va salomatlikni yaxshilash uchun hamma turdagi shirin ichimliklardan voz kechib, oddiy suv isteʼmol qilishga oʻtishlari zarurligini yana bir koʻrsatmoqda”, - deya maʼlum qildi Garvard universiteti (AQSH) olimi Vasanti Malik.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra, dunyoda bugungi kunda semizlik epidemiyasi kuzatilmoqda. Yer sharining har uchinchi aholisi ortiqcha vazndan aziyat chekadi.

Koʻp shifokorlar va olimlarning taʼkidlashicha, semizlik epidemiyasining asosiy “tarqatuvchisi” - bu soʻnggi yillarda dunyoda mashhur boʻlgan shirin ichimliklar.

Malik va uning hamkasblari 1980-2014 yillar oraligʻida HPFS va NHANES loyihalari doirasida oʻtkazilgan tadqiqot natijalarini tahlil qilib, yurak va qon-tomir kasalliklari kelib chiqishi hamda ular sababli oʻlim holatlari yuz berishining asosiy sabablaridan biri haddan ziyod shirin ichimliklar ichish ekanligini tasdiqlashdi.

Ushbu tadqiqotlarda yuz mingdan ortiq ularning salomatliklari va hayot tarzini uzoq muddat davomida kuzatishga rozilik bergan malakali tibbiyot mutaxassislari ishtirok etishgan. Ular har ikki yilda ijtimoiy xizmati xodimlariga ularning zararli va foydali odatlari qanday qilib oʻzgarganini aytib, koʻrikdan oʻtib turishgan. Malik va uning hamkasblari gazli va tarkibida shakar boʻlgan boshqa ichimliklarni koʻp isteʼmol qilish erta oʻlim ehtimoliga qanday taʼsir koʻrsatganini tekshirishgan.

Maʼlum boʻlishicha, haftasiga uch-toʻrt stakan gazli ichimlik ichuvchi kishilar orasida oʻlim holati bu ichimliklarni umuman isteʼmol qilmaydiganlarga nisbatan 6 foizga koʻproq kuzatilgan. Bunday ichimliklarni har kuni kuniga bir stakan isteʼmol qilish erta oʻlim holatini 14 foizga hamda ikki va undan ortiq stakan isteʼmol qilish 21 foizga oshirishi aniqlangan

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Haddan tashqari miqdorda gazli va shirin ichimliklar ichish yurak va qon-tomir kasalliklari hamda saratondan erta oʻlish ehtimolini sezilarli ravishda oshiradi. Bu haqda Circulation jurnali xabar [url=https://sof.uz/news/show/20444-gazli-ichimliklar