12:50 / 24.03.2019
3 529

Oʻtirish holatidagi turmush tarzining badali katta

Oʻtirish holatidagi turmush tarzining badali katta
Ish kuni davomida necha soat oʻtirishimiz va qancha vaqt turishimiz kerak? Bu savolga koʻplab olimlar javob berishga harakat qilishmoqda. Chunki oʻtirish holatidagi turmush tarzi hamma joyda kuzatiladigan holat boʻlib, u sogʻliqdagi jiddiy muammolarga sabab boʻladi.

Jismoniy faollikning yetishmasligi yoki umuman mavjud emasligi, shu jumladan bir joyda uzoq vaqt oʻtirish saraton va qandli diabetdan tortib, yurak qon-tomirlari kasalliklari, jigarning alkogol bilan bogʻliq boʻlmagan oʻnlab surunkali kasalliklari rivojlanishi xavfini oshiradi. Ergonomika mutaxassislari ogohlantiradi: bir joyda juda uzoq vaqt turish kerak emas, chunki bu sogʻliqqa salbiy taʼsir qiladi, vena tomirlarining varikoz kengayishi, bel va oyoqdagi ogʻriqlar, uyqu arteriyasi kasalliklari xavfini orttiradi.

Yechim – kun davomida faoliyatlar turini oʻzgartirish. Kun davomida faqat oʻtirish va turish birdek yomon.

Alan Xeydj, Kornell universitetining ergonomika professori

Ofisda ishlash vaqtida har yarim soatda 20 daqiqa oʻtirish, sakkiz daqiqa turish, qolgan vaqtda esa yurish va choʻzilish mashqlarini bajarish lozim, deya tavsiya qiladi professor Xeyj. Agar 10 daqiqadan koʻproq turilsa, odam bukchayishni boshlaydi, bu esa bel va tayanch-harakat apparati bilan bogʻliq muammolarga sabab boʻladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oʻtirish holatidagi turmush tarzining badali katta