17:30 / 24.03.2019
4 133

Sizga ozishda xalal beruvchi asosiy xatolar

Sizga ozishda xalal beruvchi asosiy xatolar
Maqolada biz siz ovqatlanish borasida yoʻl qoʻyadigan qanday xatolar ozish jarayoniga toʻsqinlik qilishi haqida gapiramiz.

Siz ovqatning muayyan miqdori oʻlchamiga eʼtibor bermaysiz
Koʻpchilik foydali oziq-ovqatlarni cheklanmagan miqdorda yeyish mumkin deb hisoblaydi. Bu katta xato. Hatto yormalar, qora undan qilingan makaronlar yoki shirin mevalar kabi foydali oziq-ovqatlarni ham cheklanmagan miqdorda isteʼmol qilish sizning ozish uchun qilayotgan harakatlaringizni yoʻqqa chiqarishi mumkin.

Qanday tuzatish kerak?
Oshxona uchun tarozi sotib oling va isteʼmol qilayotgan hamma oziq-ovqatlaringizni oʻlchang.

Oʻramlarda va jadvallarda 100 gramm ishlov berilmagan mahsulotning kaloriyasi koʻrsatilishini esingizda tuting, xom va pishgan mahsulotlarning ogʻirligi esa bir-biridan ancha farq qilishi mumkin. Shuning uchun oziq-ovqatlarni yoki tayyorlashdan oldin oʻlchang, yoki jadvallardan tayyor oziq-ovqatlarning kaloriyasi toʻgʻrisida izlab koʻring.

Siz qovurilgan taomlarni afzal koʻrasiz
Qovurish jarayonida foydalaniladigan oʻsimlik yogʻi taomning kaloriyasini juda oshirib yuboradi.

Qanday tuzatish kerak?
Boshqacha tayyorlash usulllaridan foydalaning: oziq-ovqatlarni duxovkada pishiring, bugʻda tayyorlang.
Yogʻsiz qovurish imkonini beradigan, kuyishga qarshi qoplama oʻrnatilgan tova sotib oling.
Agar qovurishda yogʻ ishlatmoqchi boʻlsangiz, uni tovaga butilkadan quymang, tova ustini choʻtkacha bilan biroz moylasangiz yetarli boʻladi.

Siz haddan tashqari koʻp foydali shirinliklar yeysiz
Koʻpincha konfet va pechenyelarni foydaliroq shirinliklar: yongʻoqlar va quruq mevalarga almashtirishni maslahat berishadi. Ha haqiqatan ham ularda foydali moddalar juda koʻp, lekin kaloriyasi ham ancha katta.

Qanday tuzatish kerak?
Quruq mevalar va yongʻoqlar qoʻyilgan likoplarni koʻrinmaydigan joyga qoʻying.
Foydali shirinliklarni yeyishdan oldin, ularni oʻlchang va kaloriyasini hisoblang.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sizga ozishda xalal beruvchi asosiy xatolar