22:00 / 03.04.2019
4 990

Yoʻqolgan telefonni “Google” yordamida topishni bilasizmi?

Yoʻqolgan telefonni “Google” yordamida topishni bilasizmi?
Foto: “Geek-Nose”
Hech uyingizda turgan smartfoningizni qidirib sarson boʻlganmisiz? Tanish holat, shunday emasmi? Shuyam muammomi, boshqa telefondan qoʻngʻiroq qilinsa bas — topiladi, masala hal deyishingiz mumkin. Buyam yaxshi, sinalgan usul. Ammo uyda yolgʻiz qolganingizda, yaʼni telefon bitta (yaʼni siz qidirayotgan telefon) boʻlsa nima qilasiz?

Bunday vaziyatda “Google” va uning qurilmalarni boshqarish servislari sizga yordamga keladi. Yaʼni siz qidirayotgan smartfonga “Google” qoʻngʻiroq qiladi.

“Google”dan qoʻngʻiroq olish oson. Buning uchun:
1. “Google”ning qurilmalarni boshqarish sahifasiga kirasiz.
2. Roʻyxatdan kerakli qurilmani topasiz.
3. “Qoʻngʻiroq qilish” bandini tanlaysiz.

Shundan soʻng telefoningiz jiringlaydi va uni osongina topib olasiz. Foydalanishni tavsiya qilamiz!

Eng qizigʻi, smartfoningiz “ovozsiz” rejimda boʻlsa ham “Google” qoʻngʻirogʻiga ovoz beradi!
Eslatma! “Qurilmani topish” servisidan foydalanish uchun hech boʻlmaganda bitta android-qurilmangizni oldindan faollashtirishingiz zarur.

Manba: Xabar.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yoʻqolgan telefonni “Google” yordamida topishni bilasizmi?